FIFA Qatar maydonlarida o‘tadigan JCh—2022 uchun jalb etilgan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan 36 nafar bosh hakam, 69 assistent va 24 nafar VAR hakami joy olgan. Ular orasida O‘zbekiston vakillari yo‘q, bunaqasi 2010-yilgi mundialdan keyin ilk bor kuzatildi.
Musobaqa tarixida ilk bor ayol hakamlar ham chaqirilgan. Bosh hakamlardan Stefani Frappar (Fransiya), Salima Mukansanga (Ruanda) va Yoshimi Yamashita (Yaponiya) olingan bo‘lsa, Neuza Bek (Braziliya), Karen Dias Medina (Meksika) va Ketrin Nesbitt (AQSh) assistent vazifasiga chaqirilgan.
JCh—2022 da Angliya (Entoni Teylor va Maykl Oliver), Argentina (Fakundo Telyo va Fernando Rapallini) va Braziliyadan (Rafael Klaus va Uilton Sampayo) ikki nafardan bosh hakam jalb etilgan. Shuningdek, Mateu Laos (Ispaniya), Daniele Orsato (Italiya), Daniel Zibert (Germaniya), Danni Makkelli (Niderlandiya), Klemen Tyurpen (Fransiya) va Shimon Marchinyak (Polsha) kabi mashhur hakamlar ham Qatar maydonlarida harakat qiladi.
To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.
Izoh (0)