O‘zbekiston ayollar futboli bo‘yicha 2022-yilgi klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati pilot turnirining g‘arbiy mintaqa o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bu haqida OFK rasmiy sayti ma’lum qildi.
G‘arbiy mintaqadagi musobaqa 20—26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Hindiston, Eron va Iordaniya jamoalari ishtirok etadi.
Sharqiy mintaqa musobaqasida esa Tailand, Xitoy Taypeyi va Myanmadan bo‘lgan jamoalar qatnashadi. Sharqiy mintaqaning mezboni esa birinchi tur oldidan aniqlanadi.
G‘arb va Sharq mintaqalari g‘oliblari o‘rtasidagi final 22-oktabr kuni OFK Kubogi finali bilan bir kunda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)