Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 5-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Neftchi” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Temiryo‘lchilar” safida yagona golga Jerome Etame mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv” ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Neftchi” esa 4 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.
“Dinamo” mehmonda “Olimpik” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Shohmalik Komilov hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Otabek Jo‘raqo‘ziyev muvozanatni tikladi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. 82-daqiqada “Dinamo” futbolchisi Jo‘rabek Mannonov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Durang natijadan so‘ng “Olimpik” ochkolari sonini 7 taga yetkazib, 8-o‘ringa chiqdi. Samarqandliklar esa 6 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Superliga
7-tur bahslari
5-may, payshanba
“Neftchi” — “Lokomotiv” 0:1
Gol: 0:1 — 58 Jerome Etame.“Neftchi”: 45. Akbar To‘rayev, 9. Sunnatulla Abdullajonov (21. Muhsin Ubaydullayev, 46), 17. Abdulloh Olimov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 20. Anvarjon G‘ofurov, 44. Darko Stanoyevich, 46. Shahzod Ubaydullayev (31. Marko Sharich, 76), 70. Abbos G‘ulomov (76. Faxriddin Muhammadov, 84), 77. Abror Ismoilov, 80. Aleksandr Yeshich, 99. Ulug‘bek Hoshimov (7. Oybek Qilichev, 76).
“Lokomotiv”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 4. Dilshod Komilov, 7. Diyor Turopov, 8. Nurmuhammad Toshpo‘latov, 9. Javohir Alijonov (22. Muhammadanas Hasanov, 62), 17. Sanjar Qodirqulov (24. Sherzod Komilov, 82), 18. Ali Abdurahmonov (19. Jerome Etame, 46), 20. Jaloliddin Jumaboyev (44. Samuel Opex, 82), 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov (27. Islom Rashidxonov, 62), 37. Sherzod Fayziyev.
“Olimpik” — “Dinamo” 1:1
Gollar: 0:1 — 3 Shohmalik Komilov, 1:1 — 8 Otabek Jo‘raqo‘ziyev.“Olimpik”: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamt Mirsaidov, 4. Eldorbek Begimov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Ruslanbek Jiyanov (99. Muhammadali G‘iyosov, 87), 10. Farruxbek Muxtorov (77. Davron Anvarov, 61), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (22. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 61), 21. Muhammadaziz Ibrohimov (70. Abubakr Rizo Turdialiyev, 73), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 37. Alisher Odilov (9. Temur Mamasidiqov, 73), 44. Shahzod Toirov.
“Dinamo”: 12. Miloe Prekovich, 5. Mixaylo Yovanovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 7. Temurbek Ismoilov (17. Muzaffar Muzaffarov, 62), 10. Shohmalik Komilov (23. Akmal Kozimov, 77), 15. Jo‘rabek Mannonov, 22. Abdujamol Isroilov, 30. Jasur Umarov, 70. Oybek Nurmatov (20. Jasur Jumayev, 85), 88. Yevgeniy Chumak, 97. Faxriddin Alimov (9. To‘lqin Ergashev, 62).
Ogohlantirishlar: Jasur Umarov (17), Mixaylo Yovanovich (27), Yevgeniy Chumak (81).
Chetlatish: Jo‘rabek Mannonov (82).