Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Yevropa Konferensiyalar Ligasining 1/2 final bosqichi javob o‘yinida “Roma” 5-may, payshanba kuni “Lester” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Rimda kechgan bahs mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol 11-daqiqada Temmi Abraham tomonidan kiritildi. Angliyalik futbolchi burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan ajoyib tarzda darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa “Roma” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida “Lester” ustidan g‘alaba qozonib, Yevropa Konferensiyalar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Jamoalar o‘rtasidagi Angliyada kechgan o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangandi.

Qayd etish kerak, bellashuvda “Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 89-daqiqada Abrahamning o‘rniga maydonga tushdi. 26 yoshli futbolchi ilk bahsda zaxirada qoldirilgandi.

Ikkinchi yarim finalda “Feyenoord” “Marsel” to‘sig‘idan o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Musobaqaning final o‘yini 25-may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyalar Ligasi

1/2 final, javob bahslari

5-may, payshanba

“Roma” Italiya – “Lester” Angliya 1:0

Gol: 1:0 – 11 Abraham

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Zalevski (Vinya, 84), Serjiu Oliveyra, Kristante, Pellegrini, Zanyolo (Veretu, 78), Abraham (Shomurodov, 89).

“Lester”: Shmeyxel, Rikardu Pereyra (Kastan, 70), Evans, Fofana, Jastin, Tilemans, Meddison, Dyuzberi-Holl (Peres, 77), Barns (Iheanacho, 46), Vardi, Lukman (Amarti, 46).

Ogohlantirishlar: Manchini (41), Fofana (68), Karsdorp (86).

Dastlabki o‘yin — 1:1.

“Marsel” Fransiya – “Feyenoord” Niderlandiya 0:0.

Dastlabki o‘yin — 2:3.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi