Braziliyaning San-Paulu shahrida jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasining (JBKA) navbatdagi ta’sis kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar qilmoqda.
Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti o‘zbekistonlik Azizbek G‘aniyev hamda JBKA bosh kotibi Arturas Vileyta ishtirok etgan kongressda Pan Amerika belbog‘li kurash konfederatsiyasini tuzish taklifi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Shuningdek, tashkilotga rahbariyat saylandi. Braziliyalik Xose Jildemar Klementino de Karvalyu prezident etib saylangan bo‘lsa, uning hamyurti Markos Xose Xungaro vitse-prezident lavozimida ishlaydigan bo‘ldi.
Kongressdan so‘ng JBKA yetakchilari yangi tuzilgan Pan Amerika konfederatsiyasi a’zolari hamrohligida “ADSA Academia” jang san’ati akademiyasida belbog‘li kurash bo‘yicha birinchi Pan Amerika seminarini ham o‘tkazdi. 600 nafar sportchi ishtirok etgan mazkur seminarda mahalliy murabbiylar, sportchilar va hakamlarga o‘zbek qadimiy sport turi belbog‘li kurash to‘g‘risida nazariy ma’lumot berildi. Belbog‘li kurashning turli usullarini qo‘llagan holda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Izoh (0)