“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsi doirasida “Vilyarreal”ga qarshi kechgan o‘yinda (3:2) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Sadio YChL pley-off bosqichidagi gollari sonini 15 taga yetkazdi va Angliya klublari futbolchilari orasida rekordni takrorladi. “Chelsi”ning sobiq futbolchisi Frenk Lempard ham Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida 15 ta gol urgan edi.
Shuningdek, Mane afrikalik futbolchilar orasida Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida gol urish bo‘yicha Didye Drogbaning rekordini yangiladi. Ivuarlik hujumchi hisobida 14 ta gol mavjud edi, Sadio esa gollari sonini 15 taga yetkazdi va bu borada yetakchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Drogba “Chelsi”, “Galatasaroy” va “Marsel” safida YChL musobaqasida ishtirok etgan.
Chempionlar Ligasi finali 28-may kuni “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi. Yurgen Klopp shogirdlariga “Real”—“Manchester Siti” qarama-qarshiligi g‘olibi raqib bo‘ladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)