“Trabzonspor” Turkiya chempionatining 35-turida “Antalyaspor” bilan durang o‘ynadi (2:2) va muddatidan avval chempionlik masalasini hal qildi.
Mavsum yakunlanishiga uch tur qolganda trabzonliklar 77 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi “Fenerbahche”da 68 ochko mavjud.
Shu tariqa “Trabzonspor” 1984-yildan beri ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar jamoa olti marta (1976, 1977, 1979, 1980 va 1981-yillar) liga g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.
35-tur doirasidagi o‘yin yakunlangach, trabzonlik muxlislar maydonga chiqib ketdi va chempionlikni futbolchilar bilan birga nishonladi.
2009/10-yilgi mavsumdan keyin ilk bor Turkiya bosh sovrini Istanbul klubiga nasib etmadi. 12 yil avval “Bursaspor” chempionga aylangandi. Undan avvalgi Istanbuldan bo‘lmagan chempion esa aynan “Trabzonspor” edi.
Turkiya Superligasida yetti martadan ko‘p chempion bo‘lgan jamoalar: “Galatasaroy” (22), “Fenerbahche” (19) va “Beshiktosh” (16).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)