Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot izohida yozilishicha, bino 72 ta yashash xonadonidan iborat bo‘lib, ularga oq suvoqdan chiqarilgan, elektr liniyalari tortilgan va tashqi romlarga ega. 1-qavat to‘liq 865 56 metr kvadrat noturar joy hisoblanadi. Xonadonlarda eshik, romlar hamda yerto‘la mavjud.
Bino uchun oldindan to‘lov 35 foiz. Qolgan 65 foiz qismi 18 oyga (3 oy imtiyozli davr bilan) muddatli to‘lovga foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan ham beriladi. Baholangan narxi 15 foiz QQS hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Auksionga qo‘yilgan binoning boshlang‘ich bahosi — 51,1 mlrd so‘m. Arizalar 20-maygacha qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi “Dubai” restorani qariyb 28 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)