Prezident Shavkat Mirziyoyev “Budjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan, jumladan, gibrid avtomobillar uchun birinchi marta bojxona stavkalari belgilandi. Gap ham ichki yonuv dvigateli, ham elektr dvigateliga ega bo‘lgan avtomobillar haqida bormoqda.
Endi bu avtomobillar o‘zlarining TIF TN kodlariga ega bo‘lishdi. Ilgari ularga benzinda ishlaydigan avtomobillarga nisbatan qo‘yilgan stavkalar qo‘llangan.
15 apreldan boshlab gibrid avtomobillarni import qilish uchun dvigatel turiga qarab 15 dan 30 foizgacha to‘lash kerak bo‘ladi. Ilgari qo‘shimcha koeffitsiyentlarni to‘lash kerak edi.
Bojlarning kamayishi gibrid transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi narxini 20-30 foizga kamaytiradi.
Avvalroq O‘zbekiston import qilinadigan yirik avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini pasaytirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)