Toshkentda “Agregat zavodi” AJ va uning ta’sischiligidagi “Agregat avtokomplekt” MCHJning bo‘shayotgan bino va inshootlari bilan auksion savdolari yakunlandi.
Bu joriy yilgi kimoshdi savdosidagi eng yirik lotlardan biri – bino va inshootlarning umumiy maydoni 52 928 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Boshlang‘ich narxi 130 mlrd so‘m bo‘lgan davlat aktivi 208,7 mlrd so‘mga sotildi. Onlayn auksionda 3 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.
Auksion g‘olibi Build Power MCHJ bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2021-yil oxirida tashkil etilgan bo‘lib, uning 99 foizi Golden House kompaniyasiga tegishli.
Davlat aktivi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari Chirchiq shahridagi “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” hududiga ko‘chirib o‘tkazilishi sababli savdoga qo‘yilgan edi.
Sotishdan tushadigan mablag‘lar ushbu korxonalarni ko‘chirish, yangi bino va inshootlar barpo etish hamda modernizatsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
Avvalroq Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 5,2 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)