Belarusning Minsk avtomobil zavodi (“MAZ”) O‘zbekistonda komplekt yig‘malardan (CKD) foydalangan holda avtomobillarni yig‘ishni boshladi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.
“MAZ-5337” shassisi konveyerdan chiqqan birinchi model bo‘ldi. O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ish orqali “MAZ” o‘z faoliyatini Markaziy Osiyoda, keyin esa Eron, Afg‘oniston va Pokistonda kengaytirmoqchi.
“MAZ” og‘ir yuk avtomobillari, maxsus maqsadli avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar va tirkamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Jami kompaniya 500 dan ortiq rusumdagi traktorlar va 3000 ta modifikatsiyalarni ishlab chiqaradi.
Avvalroq “MAZ” O‘zbekistonga avtobuslar, elektrobuslar hamda aeroportlar uchun peron avtobuslar yetkazib berishni boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)