• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nosvoy sotib, kuniga 300 ming so‘m daromad qilayotgan, nosvoy o‘simligi eksportidan xonadoniga dollar olib kirayotgan buxoroliklar mahallasidan reportaj

    Xalq orasida nosvoy tarkibida go‘ng ham bo‘lishi, bu inson salomatligi uchun katta zarar keltirishi ko‘p aytilgan. Buni hatto shifokorlar ham aytib, nosvoy tarkibidagi go‘ng va uning tarkibidagi zararli moddalar saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qilgan. Buxorolik nosfurushlar esa buni rad etmoqda.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Daryo” muxbiri uzoq vaqtdan beri nos tayyorlab, iste’molga chiqaruvchi aholi vakillari yashaydigan Qorako‘l tumanining “Qozon” mahallasida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Qozon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Murod Behbudovning aytishicha, mazkur mahallada yashovchi fuqarolar nos tayyorlab sotib, daromad qilgani bois mahalladan xorijga ishlash maqsadida chiqqanlar umuman yo‘q.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Nosning asosiy tarkibi — talqon o‘simligi hisoblanadi. Ikki marta hosil beradigan talqon o‘simligi giyohvand o‘simliklar sirasiga kirmaydi. Aholining asosiy daromadi aynan shu nos bilan bog‘liq. Ular talqon yetishtirib, uni sotadi. Shuningdek, qayta ishlov berilgan talqon hosilidan nos ishlab chiqarib, savdoga chiqaradi. Buning ortidan bola-chaqa boqib kelishyapti. Shaxsan bizning oilamiz ham 1947-yildan beri shu ish bilan shug‘ullanadi. Ota kasb. Mahallaga rais etib saylanganimga esa endi ikki yil bo‘ldi”, — deydi Mahmud Behbudov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Shu mahallada yashovchi Umrzoq Niyozovning aytishicha, u nosvoy o‘simligi talqonini eksport ham qiladi.

    Umrzoq Niyozov.

    Umrzoq Niyozov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “To‘g‘ri, o‘zim chekmayman, hatto, ta’mini ham sinab ko‘rmaganman. Ammo, nosni nafaqat, buxoroliklar, balki mamlakatimizning ko‘plab aholisi chekadi. Mana, hozir rossiyaliklar ham chekishni boshladi. O‘n yildan buyon nos yetishtirishdan tashqari, uning o‘simligi eksporti bilan ham shug‘ullanaman. Rossiya, Dog‘iston, Checheniston, Kavkaz tomonlarga eksport qilaman. Tayyor nosdan ko‘ra, ko‘proq talqon o‘simligi quritilganining eksport hajmi ko‘proq”, — deydi Umrzoq Niyozov.

    Nos tayyorlashda ishlatiladigan qo‘lbola jihoz.

    Nos tayyorlashda ishlatiladigan qo‘lbola jihoz.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Umrzoq Niyozovning bildirishicha, nos talqon o‘simligi bargidan tayyorlanadi. 200 kilogramm nos tayyorlash uchun unga 150 kilogrammdan ko‘p talqon o‘simligi barglari qo‘shiladi. Har to‘rt oyda talqon o‘simligi yetishtiriladi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Talqon o‘simligi hosili pishib yetilgach, o‘rib olinadi va quritiladi. So‘ng biz uni sotib olamiz. Qayta ishlash jarayonida, elevatorlar orqali elanadi va bundan tashqari, qator texnik vositalar ham bor. Yarim sindirilgan holatga keltirilgach, polietilen qoplarga solinib, markirovkalanadi. Xorijga nosning tayyor holatidan ko‘ra, ko‘proq bargi chiqariladi. Buni ruslar ‘nefermentirovanniy tabachniy list’, deb atashadi”, — deydi Umrzoq Niyozov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Aytilishicha, hududda talqon o‘simligi katta-katta yer maydonlarida yetishtiriladi. Uning har bir tupi alohida-alohida o‘rib olinib, quyosh nuri tushmas soya-salqin joylarda quritiladi. Noslar ikki xil bo‘lib, talqon bargi va barg bachkisidan tayyorlanadiganlarga bo‘linadi. Barg bachkisidan tayyorlangan noslar talqon bargidan tayyorlangan nosga nisbatan achchiq bo‘ladi. Talqon maxsus apparatda ezilgach, unga tindirilgan ohak va kul, so‘ndirilmagan o‘simlik yog‘i, achchig‘ini o‘ldirish uchun esa paxta g‘o‘zapoyasi kuli qo‘shiladi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Nosning tarixi uzun. Ayniqsa ‘Buxorogi xoki nosi’ning dovrug‘i keng. Agar o‘qigan bo‘lsangiz ‘Alpomish’ dostonida, ‘O‘tkan kunlar’ romanida nos haqida aytib o‘tilgan. Noschilik — mening ota-bobolarimdan qolgan kasb. 30 yildan beri shu ish bilan shug‘ullanib kelaman. Nos asosan, Qorako‘lda yetishtiriladi. Uning tarkibiga quritilgan va ezilgan talqon o‘simligi, paxta yog‘i, so‘ndirilgan ohak, kul qo‘shiladi. Lekin uning tarkibiga hech qachon go‘ng qo‘shilmaydi. O‘zim nos chekaman. Ayting-chi, qanday qilib, o‘zim va boshqalar iste’mol qiladigan tamakiga go‘ng qo‘shishim mumkin”, — deydi bozorda nos sotuvchi To‘xtamurod Hayitov.

    To‘xtamurod Hayitov.

    To‘xtamurod Hayitov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Suhbatdosh bundan uzoq yillar ilgari, ya’ni tibbiyot rivojlanmagan davrlarda nosdan tish og‘rig‘ini vaqtincha qoldiruvchi, asabni tinchlantiruvchi darmon sifatida ham foydalanib kelinganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Nosning nafaqat o‘zi nosqovog‘i, buxorocha aytganda noskadisi ham foydali. Nosdan hozirgi kunda tibbiyotda ham foydalanishadi. Ularni ‘yashil aptekalar’dan izlash kifoya. Nosqovoq ham o‘simlik, u daraxtda o‘sadi. U tuyilib ezilib, 10-15 soat davomida suvda qaynatib ichilsa, buyrak toshlarini tushiradi”, — deydi suhbatdosh.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    O‘zini Olim Boboyev deb tanishtirgan nosfurushlardan biri nos sotishi ortidan bir kunda 300 ming so‘mgacha daromad qilayotganini aytmoqda.

    A’zam Jumayev.

    A’zam Jumayev.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Viloyat Onkologiya dispanseri lor-onkolog vrachi A’zam Jumayev nosning zarari ko‘p demoqda.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Nosdan tutun chiqmaydi, ammo u atrof-muhitni ifloslaydi. Ikki-uch daqiqa til ostida turgan nos tarkibidagi tamaki, ohak va kul, so‘ndirilmagan paxta yog‘i so‘lakka aralashib, qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi. Natijada surunkali gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, saraton xastaliklari paydo bo‘ladi. Shuningdek, nos qonga so‘rilib, miya, yurak, jigar, buyrak kabi hayotiy organlarni ham asta-sekin zaharlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach va me’da saratoni kasalliklarini keltirib chiqaradi. Til osti shilliq qavatlarida bitmaydigan xastalik, ya’ni leykoplakiya rak oldi xastaligini paydo qiladi. Bugungi kunda birgina shifoxonamizda shu xastalik bilan 200 dan ortiq bemor jabr ko‘rmoqda. 100 dan ortig‘i besh yildan buyon qat’iy nazoratda turibdi. Nos inson organizmiga shuncha ziyon yetkazib turgan bir paytda nos savdosi hech qanday cheklovlarsiz bozorgir ekanligidan hayron qolamiz. Kanserogen, ya’ni tarkibida saraton chiqaruvchi moddalar mavjud nosning inson salomatligiga ziyoni katta”, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Shifokorning so‘ziga ko‘ra, nos chekuvchilar nos chekmaydiganlardan ko‘ra, ko‘proq kasalliklarga uchraydi.

    “Ayrim hollarda voyaga yetmagan o‘smirlar orasida ham qiziqish sababmi, tamaki, nos, sigaretlar chekishni boshlayotgan yoki spirtli ichimliklarga qiziqishi ortayotganlarni ham uchratamiz. Va bundaylar qat’iy nazorat ostiga olinyapti. E’tiborsiz qoldirilsa, o‘spirinlikdan nosga talpingan bola o‘z kelajagini bora-bora giyohvandlik yo‘lida poymol qilib qo‘ymasligiga kafolat yo‘q. To‘g‘ri, nos tarkibida hech qanday giyohvand moddalar borligi aniqlanmaganligi bois, uning savdosiga cheklov yo‘q. Biroq, ko‘ngilsiz oqibatlarning kelib chiqmasligi, uning yoshlar salomatligi, hayoti va kelajagiga ziyon yetkazmasligi uchun barcha chora-tadbirlarni qo‘llaganmiz”, — deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Ibn Sino” jamoat fondining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha eksperti Shuhrat Shukurov O‘zbekistonda allaqachon nosvoyni taqiqlovchi qonun chiqadigan vaqt kelganini aytmoqda.

    “Noschilikka ota-bobolardan qolgan azaliy kasb sifatida qarab, uning ortidan daromad topib kelayotgan tajribali noschilar o‘z mahsulotlarining, nafaqat yoshlar, balki, yoshi kattalar sog‘lig‘i uchun ham ancha-muncha ziyon keltirishini unutmagan holda, tirikchilik manbaini aql tarozisi bilan ilgari sursalar, yomon bo‘lmasdi. Nos tarkibiga go‘ng qo‘shilmasligi mumkin. Ammo antisanitar ahvolda tayyorlanadigan va eksportga chiqarilayotgan nos inson sog‘lig‘iga foyda ham emas. O‘zbekistonda nosvoy haligacha erkin sotuvda va tamaki mahsuloti, uni cheklash to‘g‘risidagi qonun kechikmoqda”, — deydi “Ibn Sino” jamoat fondining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha eksperti Shuhrat Shukurov.

    Nosvoyning aholi salomatligiga zarari va uni taqiqlash haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlislarida ham so‘z borgan.

    Oliy Majlisning 2021-yil 3-dekabr kuni jonli efirda namoyish etilgan muloqotida so‘z olgan Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Qizilgul Qosimova bu haqda gapirib, “Biz shu paytgacha nosvoyni hech qanday qonun bilan tartibga solmaganmiz. Xohlaymizmi-yo‘qmi, hozir katta-katta mahallalar nosvoy tayyorlash bilan shug‘ullanyapti. Biz nos tayyorlash jarayonlarini kirib, o‘rganib chiqdik. Bozorlarda ularga soliq solinmaydi. Ular faqat turgan joyi uchun soliq to‘laydi. Bu qonun bilan, birinchidan, nosvoy iste’molini kengaytirmaymiz, aksincha, uni sal tartibga solamiz, jilovini sal tortgan bo‘lamiz”, degandi. Hamkasbi fikrini davom ettirgan deputat Maqsuda Vorisova esa “Nosvoyni taqiqlashimiz kerak, lekin nosvoyni taqiqlash jamiyatda juda katta norozilikni tug‘diradi”, deya fikr bildirgandi.

    Mavzuga doir: 

    • “Yiliga 300 million so‘mgacha daromad olamiz”. Odamlari ko‘chat ekib, millionerga aylanayotgan Quvaga fotosayohat
    • Yiliga 150 million so‘mgacha daromad qiladigan Sirdaryodagi qovunchi dehqonlar mahallasiga fotosayohat
    • Andijondagi bu mahallada Rossiyaga ketuvchilar qolmagan, jinoyatchilik va ajrimlar yo‘q hisobi. Hammasiga sababchi — stol va stullar
    • Namangandagi yashik tayyorlash bilan shug‘ullanadigan qishloq. Uning aholisi mahsulotlarini hatto xorijga ham yuboradi (foto va video)

    20.04.2022, 16:05   Izoh (0)   93593
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisi 28-aprel kuni chaqiriladi

    20.04.2022, 15:46

    AQSH O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlariga 50 dona Toyota va Fortuner avtomobillarini topshirdi

    20.04.2022, 15:20

    Toshkentda Hyundai Sonata chorrahada harakat xavfsizligini ta’minlayotgan YPX xodimini urib yubordi

    20.04.2022, 14:41

    O‘zbekistonda mahkumlarning koloniyadagi ish stajini umumiy stajga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilishi mumkin

    20.04.2022, 14:08

    “Yarim tonna narkotik moddalar, 1 mln dollar naqd xorijiy valyuta to‘xtatib qolindi” – Bojxona qo‘mitasi

    20.04.2022, 13:43

    AKT vazirligi Microsoft kompaniyasiga O‘zbekistonda o‘z ofisini ochish taklifini bildirdi

    20.04.2022, 13:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Axborot sohasida nazorat va monitoring “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 10:47

    Maxfiy sxema bo‘yicha Buyuk Britaniyaga ko‘chirilayotgan afg‘onlarning ma’lumotlari oshkor bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyul, 10:34

    Neymar o‘zining shaxsiy kolleksiyasiga yana bir noyob eksponat — Betmobilning maxsus nusxasini qo‘shib qo‘ydi

    Layfstayl | 16 iyul, 10:29

    Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalari cheklanishi mumkin

    Dunyo | 16 iyul, 10:21

    Yevropa Ittifoqi bitta davlat sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kelisha olmadi

    Dunyo | 16 iyul, 09:53

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.