• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijondagi bu mahallada Rossiyaga ketuvchilar qolmagan, jinoyatchilik va ajrimlar yo‘q hisobi. Hammasiga sababchi — stol va stullar

    Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani “Ijtimoiyat” mahallasidagi 500 dan ziyod xonadonda 3 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bundan 10—15 yil avval bu mahallaning aksariyat erkaklari (nafaqat erkaklari), vodiyning aksariyat mahalla va qishloqlarida bo‘lgani kabi, ishlagani Rossiyaga ketardi. Ammo hozir ijtimoiyatliklar orasida ish izlab xorijga ketadiganlar deyarli qolmagan hisobi — mahallaning ishga yaroqli 80 foiz aholisi uyida o‘tirib o‘z-o‘zini band qilgan, mebelsozlik bilan shug‘ullanadi (qolgan 20 foizi esa davlat ishida).

    Mahalla raisi Odiljon Daminovning so‘zlariga ko‘ra, “Ijtimoiyat” so‘nggi besh yilda haqiqiy usta-hunarmandlar mahallasiga aylangan — 2016-yili mahalladagi 37 ta xonadon hunarmandchilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, hozirda 505 xonadondan 425 tasida mebel tayyorlanmoqda. Bu mahallada tayyorlangan jihozlar nafaqat Andijonda, balki Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi viloyatlarda va hatto Qirg‘izistonda ham talabgir.

    Bir zamonlar ish uchun Rossiyaga qatnash o‘zi uchun odatiy hol bo‘lgan Abdusattor Mahkamov bugun oilasi bilan birga stol-stul yasaydi. Eslashicha, 2004-yili o‘g‘lini bekor yurmasin deb mahalladagi ustalarga shogirdlikka bergan. Shogird ikki-uch yil ichida mustaqil ustaga aylangan. “Ustozlaridan duo olib, uyda ish boshlagandik, shunga ham 15 yildan oshdi. Hozir o‘zimiz shogird chiqaryapmiz”, — deydi Abdusattor aka.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Hozir buyurtmalar juda ko‘p — sotish uchun bozorga chiqishga ham hojat yo‘q, mijozlar mebelni o‘zi kelib olib ketadi (oila har kuni o‘rtacha bir to‘plam stol-stulni tayyor qiladi); kunlik daromad kuniga 300 ming so‘mdan kam emas. “Bu hunar ortidan kam bo‘lmadik. Daromadimizga uy-joy qildik, o‘g‘limizni uylab, qizimizni uzatdik. Eng asosiysi, uyda turib ham pul topish mumkinligini tushunib yetdik”, — deya qo‘shimcha qiladi usta.

    Adhamjon Ismoilov mahallada ko‘plab boshqa ustalarning ustozi, “Ijtimoiyat”dagi “mebelchilik harakati pionerlari”dan biri. O‘zi duradgorlik va quruvchilik bilan shug‘ullanib yurgan Adhamjon bundan 17 yil avval Obidxon va Nasimiddin ismli mahalladoshlari bilan maslahatlashib, uy sharoitida mebel zavodlarnikidan qolishmaydigan stol-stul yasashni yo‘lga qo‘yish g‘oyasini ro‘yobga chiqargan.

    Usta Abdusattor Mahkamov ish ustida.

    Usta Abdusattor Mahkamov ish ustida.
    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    “Pul yig‘ib, kerakli asbob-uskunalarni Obidxonning uyiga o‘rnatdik. Qiziqishda tayyorlangan birinchi mahsulotimizni bozorga olib chiqdik, ish yurishib ketdi. Shu taxlit birgalikda ikki-uch yil ishladik, keyinchalik har birimiz o‘z uyimizda alohida ustaxona ochdik. Bu orada qo‘ni-qo‘shni bolasini shogirdlikka bera boshladi. Hozirga kelib esa deyarli butun mahalla o‘z uyida shu ish bilan shug‘ullanyapti”, — deydi Adhamjon aka.

    Oltinko‘l hokimligidan ma’lum qilishlaricha, “Ijtimoiyat” tumandagi eng namunali mahallalardan (mahalladagi deyarli hamma ish bilan bandligi sabab Rossiyaga borib ishlashga zarurat qolmagan, oxirgi ikki yilda jinoyatchilik va oilaviy ajrimlar yo‘qolgan). Mahallaning salohiyati shu qadarki, ijtimoiyatliklar qo‘shni “Qo‘shko‘prik”dagi mebelsozlikka qiziquvchi yoshlarga “ustoz-shogird” an’anasi asosida ish bermoqda: ijtimoiyatlik ustozlardan ish o‘rgangan yoshlarning qay biri stullarni tayyorlaydi, boshqasi unga qumqog‘ozda ishlov, uchinchisi rang beradi.

    Tayyor mahsulot namunalari.

    Tayyor mahsulot namunalari.
    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Xaridorlarini kutib turgan tayyor stol-stul to‘plamlari.

    Xaridorlarini kutib turgan tayyor stol-stul to‘plamlari.
    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    E’tiborga molik tomoni, qo‘shni mahalla yoshlari bu ishlarni uydan chiqmay, “Qo‘shko‘prik”ning o‘zida turib qiladi (rasman shunday maqsad bormi yo yo‘q, bunisi noma’lum, ammo yaqin vaqt ichida Oltinko‘lda mebelsozlarning ikkinchi mahallasi paydo bo‘lishi ehtimoli juda yuqori). Darvoqe, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida “Ijtimoiyat” mahallasi hududidan 4 gektar yer ajratilib, kichik sanoat zonasi shaklida maxsus mebelsozlar ko‘chasi qurilmoqda — xonadonlardagi ustaxonalar keyinchalik shu ko‘chaga ko‘chiriladi.

    Mavzuga doir: Chuvalchanglar qiroli. Milliarder bo‘lishni ko‘zlayotgan namanganlik sobiq migrant hikoyasi

    25.11.2021, 20:07   Izoh (0)   82896
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.