• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nosvoyni taqiqlasak, juda katta norozilik bo‘ladi”. O‘zbek deputatlari parlament nosvoyni taqiqlash va taqiqlamaslik ustida bahslashdi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlislari jonli efirda namoyish etila boshlandi. 3-dekabr kuni bo‘lib tarixiy efir davomida xalq o‘zi saylagan vakillar o‘z hayotiga ta’sir qiluvchi qonun hujjatlarini qanday qabul qilishini real vaqt rejimida kuzatib borishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakatning yangi tarixida ilk bor, desa ham xato bo‘lmaydi. Tarixiy efirda esa bir qator e’tiborga molik holatlar qayd etildi. Ulardan biri “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasi vaqtida kuzatildi.

    Mavzuga doir: “O‘zimga ham ‘krutoy bo‘lib ketibsanmi?’ deb yozganlar bo‘ldi”. Rasul Kusherbayev Qonunchilik palatasi majlisida nima uchun qora ko‘zoynak taqib qatnashganiga izoh berdi

    “Qonundan ‘nosvoy’ so‘zini chiqarib tashlash kerak”

    Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Qizilgul Qosimova “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunga kiritish taklif qilinayotgan o‘zgartishlarni aytib o‘tdi. Muhokama vaqtida deputat O‘ktam Islomov qonun loyihasining 3 va 4-moddalarida nosvoy tamaki turi ham qayd etib o‘tilganiga e’tibor qaratdi.

    “Biz nosvoyni qonun darajasiga ko‘tarib, uni qonunchilik terminologiyasiga kiritadigan bo‘lsak, bugungi kunda noqonuniy ishlab chiqarilayotgan, standartlari mavjud bo‘lmagan mahsulotni qonuniylashtirib qo‘ygan bo‘lamiz. Shu munosabat bilan, mana shu narsani qonun loyihasidan umuman chiqarib tashlashni taklif qilaman”, — dedi deputat.

    Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining tamaki bo‘yicha mutaxassisi Komil Abdurahmonov qonun loyihasiga “nosvoy” atamasi “hozir bozorda mavjud bo‘lgan nosvoyni kelgusida tartibga soluvchi mexanizmlari va standartlarini yaratish” maqsadida kiritilganini ta’kidlab o‘tdi.

    O‘zXDP raisi o‘rinbosari, deputat Maqsuda Vorisova esa masalani tarixiy-ilmiy asoslashga urinib, “nosvoy O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida qo‘llaniluvchi, tarkibida tamaki, nikotin saqlovchi moddalardan biri” ekanligini aytdi.

    “Bu faqat bizda emas, Rossiyada, Turkmanistonda ham qonunchilikka kiritilgan. Ularda bu narsa taqiqlangan. Biz xalqimiz ichida nosvoy chekuvchilar qanchalik ko‘p ekanini bilamiz. Nosvoyni qonunga kiritib tartibga solishimiz kerak, bu narsa nazardan chetda qolishi mumkin emas”, — dedi Vorisova.

    Yuqoridagi qisqa muhokamadan so‘ng qonunning boshqa moddalari muhokamasi davom etdi. Muhokama davomida deputat O‘ktam Islomov 36-modda yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi — bu fikrlar ham nosvoy bilan bog‘liq edi.

    “36-moddada bir qism bor, unda tamaki va alkogol mahsulotlarini yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar ishlab chiqarishi belgilangan. Yuqorida 4-modda ovozga qo‘yilmay o‘tib ketdi. Lekin 4-modda bilan tamaki mahsulotlari qatoriga rasman nosvoy ham kiradigan bo‘lyapti. Agar u kirsa, bugun noqonuniy ishlab chiqarilayotgan, aholiga zarar berayotgan bu mahsulotni ishlab chiqarishga qonuniy ruxsat tegib qoladi. Shuning bois 4-moddani, reglamentimizdan kelib chiqib, alohida ovozga qo‘yishingizni so‘rayman”, — deb, deputat Islomov palata spikeri Nurdinjon Ismoilovga murojaat qildi.

    Deputatning xavotirlariga ko‘ra, “nosvoy tamaki mahsuloti sifatida rasman tan olinsa, unga hamma maqomlar berib qo‘yiladi”.

    “U keyin ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi, katta konveyerga aylanib ketishi mumkin. Bu xalqaro jamoatchilik oldida ham noqulay ahvolni keltirib chiqaradi. Chunki nosvoy barcha davlatlarda taqiqlangan. Bu yerda Sog‘liqni saqlash vazirligining aniq xulosasi berilmagan. Bu xalqimiz uchun zararli mahsulot, hozir bunga rasmiy maqom berib qo‘ysak, uning keng tarqalib ketishiga rag‘bat bo‘lib qoladi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, nosvoy iste’molchilari 24 foiz deyilyapti, keyin 50 foizga ham chiqarib yuborishimiz mumkin. Nosvoyni targ‘ib qiladigan qonun moddalarini chiqarib tashlashni tavsiya qilaman”, — deya qo‘shimcha qildi deputat.

    “Nosvoyni taqiqlasak, juda katta norozilik bo‘ladi”

    Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Qizilgul Qosimova hamkasbining bu fikrlariga javob berarkan, nosvoyning tarkibida tamaki borligini, shuning uchun ham tamaki mahsulotlari qatoriga kirishini ta’kidlab o‘tdi.

    “Biz shu paytgacha nosvoyni hech qanday qonun bilan tartibga solmaganmiz. Xohlaymizmi-yo‘qmi, hozir katta-katta mahallalar nosvoy tayyorlash bilan shug‘ullanyapti. Biz nos tayyorlash jarayonlarini kirib, o‘rganib chiqdik. Bozorlarda ularga soliq solinmaydi. Ular faqat turgan joyi uchun soliq to‘laydi. Bu qonun bilan, birinchidan, nosvoy iste’molini kengaytirmaymiz, aksincha, uni sal tartibga solamiz, jilovini sal tortgan bo‘lamiz”, — dedi deputat Qosimova.

    Ayni vaqtda deputat Vahobjon Murotqobilov “nosvoy” atamasining qonunga kiritilishiga qarshi O‘ktam Islomovni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. “Hozir nosvoyni legalizatsiya qilish qanchalik to‘g‘ri? Nosvoy SESdan o‘tmaydi, juda zararli va tarkibida inson organizmiga xavf keltiradigan moddalar bor. Bu qonun bilan u legalizatsiya bo‘lyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri?”, — deya savol qo‘ydi u.

    Muloqotga yana deputat Maqsuda Vorisova qo‘shildi.

    “Nosvoyni taqiqlashimiz kerak, lekin nosvoyni taqiqlash jamiyatda juda katta norozilikni tug‘diradi. Biz nosvoy tayyorlash, uning realizatsiyasini asta-sekin tartibga solmasak, bu narsa to‘xtab qolmaydi. Biz hayotga real qarashimiz kerak. Nosvoy hozir de-yure emas, de-fakto juda katta iste’molda turibdi. Lekin biz buni sekin-astalik bilan tartibga solishga harakat qilyapmiz. Biz nosvoyning borligidan ko‘z yumsak, bu fakt o‘zgarib qolmaydi. Biz buni tartibga solmoqchimiz, xolos. Mana, yozilgan: ‘mana shu moddaning 2-qismida belgilangan taqiq O‘zbekiston hududida nosvoyni realizatsiya qilishga va ishlab chiqarishga nisbatan tatbiq etilmaydi’, deb. Agar biz buni ham taqiqqa qo‘ysak, juda katta norozilik effektini olardik. Biz bu moddani nosvoyni tartibga solish maqsadida kiritdik”, — deya tushuntirdi Vorisova xonim.

    Deputat O‘ktam Islomov esa fikrida qat’iy turib, “nosvoy” atamasini qonunga kiritish uni “asta-sekin rivojlantirishga xizmat qilib qo‘yish mumkin”ligini ta’kidladi. “Sog‘liqni saqlash sohasidagi deputatning shu fikrni bildirishi men uchun achinarli. Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasini olishimiz kerak, deb o‘ylayman. Jamiyat uchun zararli bunday narsani qonuniylashtirishimiz noto‘g‘ri ”, — deya qo‘shimcha qildi Islomov.

    “Legallashsa legallashibdi”

    Shundan so‘ng Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun loyihasi bo‘yicha taqdimot qilayotgan deputat Qizilgul Qosimovadan 36-modda hukumat tomonidan kiritilgan normami yo yo‘q, shuni so‘radi. Deputat bu norma hukumat tomonidan kiritilganini tasdiqlagach, spiker: “Unda buni Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘zi taklif qilgan bo‘ladi-da”, — deya munosabat bildirdi.

    Deputat Ulug‘bek Vafoyev esa Maqsuda Vorisovaning fikrlarini qo‘llab-quvvatladi. “Qonun biror mahsulotni legalizatsiya qilish yoki unga status berish uchun qabul qilinmayapti. Qonunning nomi ham ‘iste’molni cheklash to‘g‘risida’. Biz qanday qilib asrlar davomida iste’mol qilinayotgan mahsulotga ko‘z yumib, uni cheklash to‘g‘risida norma kiritmaymiz? Hukumat ham bu masalani to‘g‘ri kirityapti. Bunga ko‘z yumib, chiqarib tashlaganimiz bilan holat yaxshi bo‘lib qolmaydi”, — dedi u.

    Boshqa bir deputat — Alisher Hamrayev ham nosvoy atamasini qonunga kiritilishini qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “qonun chiqaruvchining oltin qoidasi bor — taqiqlab bo‘lmaydimi, tartibga solish kerak”.

    Moddalar bo‘yicha umumiy ovoz berilayotgan vaqtda O‘ktam Islomov 4-modda haqida qayta so‘radi. Spiker Nuriddinjon Ismoilov esa, asabiylashgan holda, deputatning savolini boshidan yaxshi tushunmaganini ta’kidladi.

    “Menimcha, Vorisova savolingizga yaxshi javob berdi. Mayli, keyingi o‘qishgacha qo‘mita bilan yana bir ko‘ringlar. Legallashsa, legallashibdi. Yozib qo‘yibdi-ku, uni realizatsiya qilib, ishlab chiqishga tatbiq etilmaydi, deb. Legallashadimi, legallashmaydimi, sotib yotibdi-ku, ishlab chiqaryapti-ku. Hozir indamay ketsak ham bo‘lmaydi”, — deya muhokamaga yakun yasadi Nuriddinjon Ismoilov.

    10.12.2021, 16:05   Izoh (0)   2422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qo‘yliq” bozorini ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror 2017-yilda qabul qilingan. Bozor ko‘chirilishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

    10.12.2021, 15:56

    Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

    10.12.2021, 14:10

    Toshkentda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasi muhokama qilindi

    10.12.2021, 13:53

    Samarqandda DXX choyxonada qimor o‘ynayotgan 17 kishini qo‘lga oldi. O‘yinni 63 yoshli erkak tashkil qilgan

    10.12.2021, 13:02

    “O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    10.12.2021, 12:28

    O‘zbekistonga 2021-yilning 11 oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi ma’lum qilindi

    10.12.2021, 12:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.