• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namangandagi yashik tayyorlash bilan shug‘ullanadigan qishloq. Uning aholisi mahsulotlarini hatto xorijga ham yuboradi (foto va video)

    Gurtepa Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi eng qadimiy va eng katta qishloqlardan hisoblanadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, XX asr boshlarida qishloq gurkirab rivojlangan, “ming uyli” kichikroq shaharcha darajasiga yetgan. Aholisi esa savdogarlik va hunarmandchilik, xususan, bo‘z to‘qish bilan shug‘ullangan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Keyinchalik Gurtepa yog‘och qutilar — yashik yasashga ixtisoslashdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda qishloqda 200 ga yaqin katta-kichik korxona bo‘lib, ularda 2,5 mingdan ortiq odam yashik tayyorlash bilan band. Bu qishloq aholisining chorak qismi degani.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — 10 yildan beri shu ish bilan oilaviy shug‘ullanamiz, — deydi gurtepalik Karimjon Abdurahimov. — Qishloqdagi eng katta korxonalardan biri bizga tegishli. Kuniga taxminan 3 mingta yashik tayyorlanadi. Ularni O‘zbekiston bo‘ylab tarqatamiz, asosiy xaridorlar Oltiariq va Qo‘qondan. Hozir yaqin xorij — Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga ham yuboryapmiz. Yashik meva saqlash uchun ishlatiladi. Masalan, hozirgi kuz mavsumida uzum va xurmo solish uchun olishyapti. Yashik uchun Kaliforniya teragi yog‘ochidan foydalanamiz. Yashigi oppoq, chiroyli chiqadi, stanokda ham qiynamaydi.

    Karimjon Abdurahimov.

    Karimjon Abdurahimov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Karimjonning aytishicha, o‘lchami va ketadigan xomashyoga qarab yashiklarning narxlari farqlanadi. Eng arzoni pomidor uchun mo‘ljallangani — 3-4 ming so‘m, eng qimmati esa olmaniki — 20 ming so‘mgacha borishi mumkin. Uzum yashigi 5,5 ming, xurmoniki esa 6,5 ming so‘m.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — Gurtepada har ikki uyning birida yog‘ochga ishlov beradigan stanok bo‘lsa kerak. Bizning oilada uch aka-uka shu ish bilan shug‘ullanamiz. Kam bo‘lmayapmiz: hovli-joylar qildik, do‘kon qurdik, mashinalar oldik. Endigi niyatimiz ota-onamizni hajga jo‘natish, — deydi Karimjon.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Korxonada 20 nafardan ortiq odam ishlaydi. Erkaklar yog‘ochni qayta ishlash bilan band bo‘lsa, ayollar yashikka mix qoqish va tayyor holatga keltirish bilan ovora.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — Kuniga o‘rtacha 200 ta yashik tayyorlayman. Har biri uchun 400 so‘mdan berishadi. Shunda bir kunda 80 ming so‘m ishlab topish mumkin. Yashikka mix qoqish oson ish emas, boshida qo‘llarimga mix kirib ketgan, bolg‘ani urib olib, ko‘kartirib yurgan paytlarim bo‘lgan. Keyinchalik ko‘nikib, tajribam oshdi, hozir hatto ko‘zimni yumib ham tayyorlay olsam kerak. Uyda tikuvchilik bilan shug‘ullanaman, kelgusida tibbiyot kollejiga o‘qishga kirib, hamshira bo‘lish niyatim bor, — deydi korxona ishchisi Mahliyo Abdumutalova.

    Mahliyo Abdumutalova.

    Mahliyo Abdumutalova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mahliyoning “hozir ko‘zimni yumib ham tayyorlay olsam kerak” deganini dastlab mubolag‘aga yo‘ydik, lekin 18 yashar qahramonimiz bitta yashikni mixlab qo‘yishi uchun 20 soniya yetarli bo‘ldi. Bizga esa buning uchun 2 daqiqaga yaqin vaqt ketdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Gurtepaning salohiyatidan samarali foydalanish uchun yashikchilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil etishga qaror qilindi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qishloqning “Tegirmonboshi” mahallasida buning uchun 8 gektar yer maydoni ajratildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi.

    Doniyor Quliyev.

    Doniyor Quliyev.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — Kichik sanoat zonasida 64 ta loyiha amalga oshirilishi va 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida qishloqdagi bir necha yuz odamning bandligi ta’minlanadi. Bizning sektor hududida joylashgan va O‘zbekistonda yagona bo‘lgan mazkur kichik sanoat zonasi kelgusi yili Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi, — deydi Mingbuloq tuman soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Doniyor Quliyev.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    O‘zbekning to‘y-to‘noqlari, bayramlari ko‘p. Ularga yashiklarda meva-cheva xarid qilish odat tusiga kirgan. Endi bilib oldingiz, bu yashiklar Namanganning Gurtepasida tayyorlangan bo‘ladi...

    Mavzuga doir: Foto: Yashik yasayotgan hunarmandlarga ko‘maklashayotgan Namangan hokimi

    06.10.2021, 15:10   Izoh (0)   48708
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda o‘zini Ispaniya banki vakili deya tanishtirib, 200 ming dollar kredit olib berish uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi

    06.10.2021, 14:40

    “Reforms.uz” yagona elektron platformasi ishga tushdi

    06.10.2021, 14:04

    Toshkent viloyatida 200 mln so‘mdan ortiq qalbaki pullarni muomalaga chiqarib yuborgan shaxslar hibsga olindi

    06.10.2021, 13:25

    O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning “bir oylik xizmat”ni o‘tash badali qoplab beriladi

    06.10.2021, 13:10

    “O‘zbekistonda benzin narxi bozor iqtisodiyoti tamoyillari hamda jahon kotirovkalariga bog‘langan” — Energetika vazirligi

    06.10.2021, 12:47

    Qiziqchi Valijon Shamshiyev Yashnoboddagi “Barkamol avlod” bolalar maktabiga direktor etib tayinlandi

    06.10.2021, 12:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.