O‘zbekiston Kubogi 3-tur doirasidagi “Aral Samali”—“Andijon” uchrashuvi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqida PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, “Andijon” moliyaviy qiyinchiliklar sabab 20-aprel kuni Nukusda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yin bora olmaydi. Andijonliklar bu borada PFLga rasmiy xat taqdim qilgan va jamoaning safarga chiqa olmasligini bildirgan.
Shu sababli 3-tur doirasida “Andijon” jamoasiga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Ayni vaqtda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev va tashkilot delegatsiyasi Andijonda bo‘lib turibdi.
Ortda qolgan 2 turdan so‘ng “Andijon” 4 ochko bilan E guruhida peshqadamlik qilmoqda. “Aral Samali” esa birorta ochko jamg‘armagan holda 4-pog‘onani band etib turibdi. “So‘g‘diyona”da 4 ochko mavjud bo‘lsa, “Yangiyer” 3 ochkoga ega.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)