“Atletiko” hujumchisi Joau Feliks jarohat sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
22 yoshli futbolchining chap soni mushaklari shikastlangan. Bu haqida “Atletiko” jamoasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Matraschilar”ning boshqa bir futbolchisi Toma Lemar ham xuddi shunday jarohat mavjud. Ikkala o‘yinchi La Liganing 32-turidan o‘rin olgan “Espanyol”ga qarshi o‘yinning (2:1) birinchi bo‘limidan so‘ng zaxiraga olingandi.
Feliks o‘z Instagram sahifasida mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligini aytib o‘tdi.
Avvalroq “Barselona” yarim himoyachisi Pedri ham jarohat tufayli joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmasligi xabar qilingandi.
Joau madridliklar safida uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. 2021/22-yilgi mavsum barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)