“Milan” jamoasi yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tganidan so‘ng transferlar uchun katta pul sarflamoqchi.
Bahraynning Investcorp investitsion kompaniyasi “Milan” futbol klubini 1 milliard yevroga sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.
Milannews nashrining xabariga ko‘ra, bahraynlik investorlar yozgi transfer oynasi uchun 300 million yevro ajratishi mumkin.
Milanliklar “Ayaks” hujumchisi Sebastyan Aller, “Leypsig” yarim himoyachisi Kristofer Nkunku, “Roma” xavbeki Nikolo Zaniolo va “Monako” futbolchisi Orelyen Tchuameniga qiziqish bildirmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)