Forbes 2022-yilda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Eng yosh milliarder 19 yoshli germaniyalik Kevin Devid Lemann bo‘lib, uning boyligi 2,4 milliard dollarga baholanmoqda. Lemann otasi tomonidan asos solingan yirik dorixonalar tarmog‘ining 50 foiziga egalik qiladi. U haqda ko‘p narsa ma’lum emas.
Keyingi o‘rinda braziliyalik 25 yoshli Pedro Francheski — 1,5 milliard dollar. Lemanndan farqli o‘laroq, Francheski o‘zini o‘zi boy qilgan — u Brex Fintech startapi asoschilaridan biri.
Yana bir 25 yoshli milliarder xitoylik Van Zelong. Uning boyligi 1,5 milliard dollarga baholangan. U Xitoyning CNNC Hua Yuan Titanium Dioxide va Lomon Billions Group kompaniyalari ulushlariga ega. Ikkala kompaniya ham titan dioksidi ishlab chiqaradi.
Ro‘yxatda jami 30 yoshgacha bo‘lgan 12 kishi bor. Ulardan yetti nafari o‘zi boy bo‘lgan, qolganlari merosxo‘r.
Avvalroq Vladimir Kim Osiyoning eng boy odami bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)