Forbes jurnali 2022-yilda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Birinchi o‘ringa Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask ko‘tarildi. Uning boyligi 219 milliard dollarga baholangan (68 milliardga oshgan).
Amazon asoschisi Jeff Bezos ikkinchi o‘ringa tushib ketdi. Uning boyligi 171 milliard dollarga baholangan (6 milliardga kamaygan).
Louis Vuitton Moët Hennessy prezidenti Bernard Arno 158 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni saqlab qoldi (8 milliardga oshgan).
Birinchi o‘ntalik quyidagicha (AQSh dollarida):
- Ilon Mask, 50 yosh (Tesla, AQSh) — 219 mlrd;
- Jeff Bezos, 58 yosh (Amazon, AQSh) — 171 mlrd;
- Bernard Arno, 73 yosh (LVMH, Fransiya) — 158 mlrd;
- Bill Geyts, 66 yosh (Microsoft, AQSh) — 129 mlrd;
- Uorren Baffet, 91 yosh (Berkshire Hathaway, AQSh) — 118 mlrd;
- Larri Peyj, 49 yosh (Google, AQSh) — 111 mlrd;
- Sergey Brin, 48 yosh (Google, AQSh) — 107 mlrd;
- Larri Ellison, 77 yosh (Oracle, AQSh) — 106 mlrd;
- Stiv Balmer, 66 yosh (Microsoft, AQSh) — 91,4 mlrd;
- Mukesh Ambani, 64 yosh (Reliance Industries, Hindiston) — 90,7 mlrd.
Avvalroq Ilon Mask Twitter’ning eng yirik aksiyadori bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)