Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
3-aprel kungi bahslarda o‘zbekistonlik qilichboz Zuhriddin Qodirov sablya yo‘nalishida Kanada, Misr, Vengriya, AQSh va Germaniyadan bo‘lgan barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qodirov mustaqil O‘zbekiston tarixida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionligini (istalgan yosh toifasida) qo‘lga kiritgan ilk sportchi bo‘ldi.
Ushbu musobaqada qizlar o‘rtasidagi sablya dasturida Tokio—2022 Olimpiadasi ishtirokchisi Zaynab Dayibekova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)