• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Yaxshi odamlar va yomon byurokratiya” — O‘zbekistonga kelgan rossiyaliklar taassuroti

    Fevral oyi oxiridan beri Ukraina bilan urush boshlagan Rossiyadan aholining ommaviy ravishda chiqib ketishi holatlari kuzatildi — Kreml siyosatiga qarshi va repressiya kuchayishidan cho‘chigan yuz minglab odamlar mamlakatni tark etdi, deb yozadi “Mediazona”.

    Rossiyaliklarning ko‘pchiligi Markaziy Osiyo davlatlarini tanladi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentga besh ming nafar odam kirib kelgan — asosan ijodkor shaxslar va IT sanoati vakillari.

    Toshkentga yangi ko‘chib kelganlarning ba’zilari, aynan nima uchun poytaxtni tanlagani haqida aytib berdi.

    Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant

    Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant

    “Ko‘pchilik bizni tushunadi”

    Novosibirsklik zamonaviy san’at loyihalari kuratorlari 28 yoshli Elina va 33 yoshli Pavel Rossiyadan ketish haqida urush boshlanmasdan oldin o‘ylaganini aytadi.

    Urushga qarshi mitinglar tarqatib yuborilgach, ular uchun hatto shaxsiy hayot ham tahdid ostida qolganligi ayon bo‘ldi. Shu sababli 3-mart kuni Pavel va Elina chipta sotib olib, ertasi kuni ta'tilga ariza yozishdi va 6-mart kuni tunda mamlakatni tark etishdi. 

    Pavelning aynan Toshkentni tanlashiga zamonaviy mahalliy san’at festivali elchisi sifatida tashrif buyurgani sabab bo‘lgan. O‘sha vaqtning o‘zidayoq er-xotinda “madaniy aloqalar” paydo bo‘ldi, ular bu yerga bejizga kelmas edilar. Elinaning e’tirof etishicha, Novosibirskdan to‘g‘ridan to‘g‘ri reysning mavjudligi qayta ovoragarchilikni va Moskvadagi qayta tekshiruvlardan ozod qiladi.

    Emigrantlarning aytishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘plab erkinliklar paydo bo‘lgan: mamlakatda ko‘p davlatlar bilan vizasiz rejim joriy qilingan, hukumat vakillari IT mutaxassislarni faol taklif qilishmoqda, valyuta operatsiyalari ham legallashtirilgan.

    Elinaning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy mehmondo‘stlik haqida uning tasavvurlari o‘zini to‘liq oqlagan.

    Odamlarning samimiyligi bizda katta taassurot qoldirdi. Biz bunday ochiqlik, mehribonlik, bag‘rikenglikni kutmagan edik, muloqot qilishda ham hech qanday muammolar uchramadi. Ko‘pchilik bizni tushungan holda munosabat bildirishyapti. U ham bo‘lsa o‘z hamkasblarimiz emas, balki bozordagi sotuvchilar, ijarachilar, taksichilar va oddiy o‘tkinchi odamlar, — deb ta’kidlaydi rossiyalik er-xotin.

    Novosibirskliklar Toshkent hayotida ba’zi salbiy jihatlarga ham guvoh bo‘lishdi, masalan, ular hattoki Rossiya byurokratiyasidan ham battarrog‘iga uchrashganini aytib o‘tishdi. 

    Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish, JSHSHIR olish, telefon va SIM kartalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, karta va valyuta ayirboshlash ishlari ko‘p vaqt va sabrni talab etadi. Ayniqsa, bu davlat xizmatlariga tegishli. Provayderlar bilan ba’zida muammolar chiqib turadi. Ko‘p hollarda uy internetidagi uzilishlar va jamoat joylarida internatga ulanib bo‘lmaslikka guvoh bo‘lamiz. Boshqa tomondan olib qaraganda, Germaniyadagidan ko‘ra bu yerdagi internet yaxshiroq ishlaydi, — deydi Elina.

    Garchi o‘z madaniy muhitidan uzoqda yashash oson bo‘lmasa-da, novosibirskliklar uyga qaytish haqida hali o‘ylab ko‘rishmagan.

    “O‘zbekistonga hatto biror marta ham kelmaganlar uchun ham yashash uchun hamma narsa tayyor”

    Barmen sifatida ishlab kelgan, peterburglik 18 yoshli Kirill o‘z akasi Artemiy bilan Rossiyadan chiqib ketdi.

    Aka-ukalar O‘zbekistonga kelish narxlari boshqa mamlakatlarga qaraganda arzon ekanligi va ularning onasi asli navoiylik bo‘lgani uchun bu yerni tanlashdi. Avvaliga ular Yerevanga ketishni o‘ylashdi, ammo Moskva—Yerevan chiptasi 200 ming rubl (22-23 mln so‘m), Toshkentga esa Yekaterinburg orqali uchilsa ham 50 ming rubl (6 mln so‘m) ketishini bilishdi. 

    Ular O‘zbekistonga birinchi marta kelishdi, ammo mamlakat haqida ko‘p bora onasidan eshitishgan edi. Toshkent ularni iliq kutib oldi.

    Bu yerda hamma yaxshi munosabatda bo‘lishyapti, odamlar samimiy va xushchaqchaq, Rossiyaning katta shaharlaridan deyarli farq qilmaydi. O‘zbekistonga hatto biror marta ham kelmaganlar uchun ham yashash uchun hamma narsa tayyor, — deydi Kirill.

    Kirillning aytishicha, Rossiyada yaqinlari va qarindoshlari qolgan bo‘lsa ham u yerga qaytib ketishi hali noma’lum.

    “Bu yerda hamma yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor”

    27 yoshli musiqachi va fotosuratchi Ivan Rossiyadan 5-mart kuni ko‘chib ketdi. U Sheremetevodan Samarqandga, so‘ng Toshkentga keldi.

    Ivanning aytishicha, bu yerda hamma yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor. Shaharda maxsus tadbirlar tez-tez o‘tkazib turiladi, kelganlar o‘zaro tanishishadi, poytaxt hayotiga ko‘nikish haqidagi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishadi.

    Musiqachi yaqin kunlarda Rossiyaga qaytib ketishni rejalashtirmayapti va buning qachonligini ham oldindan ayta olmaydi.

    “Toshkent — non shahri 2.0”

    “Mediazona”ning eslatishicha, O‘zbekiston Rossiyadan migratsiya markaziga birinchi marta aylanayotgani yo‘q. O‘tgan asrning 20-yillarida va Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston bir millionga yaqin odamlarni, jumladan, 200 ming nafar bolani qabul qilgan. O‘sha yillarda “Toshkent — ​​non shahri” iborasi paydo bo‘lgan. “Mediazona” rossiyaliklarning hozirgi oqimini “Toshkent — ​​non shahri 2.0” deb atagan.

    Avvalroq O‘zbekistonga ko‘chib kelgan belarusliklar va ularning taassurotlari haqida xabar berilgan edi.

    29.03.2022, 15:11   Izoh (0)   37553
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyodagi eng yirik oq olmos sotuvga qo‘yiladi. Uning bahosi 20 va 30 mln dollar oralig‘ida

    28.03.2022, 22:11

    Yevropa Rossiya gazini suyultirilgan tabiiy gazga almashtirmoqchi. Bu o‘zi nima va qanday amalga oshish mumkin?

    28.03.2022, 20:33

    “Hech kimning niyati yo‘q” — Yevropa Rossiya gazini rublda to‘lash qaroriga javob berdi

    28.03.2022, 13:45

    Urush hali ta’sir qilmadi — O‘zbekiston fevral oyida nimalar sotib oldi va sotdi?

    24.03.2022, 16:13

    “Yaxshi ta’mirlangan ikki xonali uyni 900 dollarga ijaraga oldik” — O‘zbekistonga kelgan Belarus fuqarosining taassurotlari

    22.03.2022, 17:44

    O‘zbekiston oltin sotuvini keskin oshirdi  

    21.03.2022, 13:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.