Angliya terma jamoasi 26-mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida Shveysariyani mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
“Uchsherlar”ning ikkinchi goliga Harri Keyn muallif bo‘ldi. Bu Keyn uchun Angliya terma jamoasi safidagi 49-gol bo‘ldi. Bu orqali 28 yoshli futbolchi terma jamoa safida Gari Linekerni ortda qoldirib, Bobbi Charlton bilan tenglashib oldi.
Faqat Ueyn Runi Angliya terma jamoasi safida Keyndan ko‘proq gol urgan — 53 ta.
“Tottenhem” futbolchisi joriy mavsum “shporlar” safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)