Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
37 yoshli hujumchisi ovoz berish natijalariga ko‘ra jamoa vingeri Jeydon Sancho va yarim himoyachi Fredni ortda qoldirdi.
Portugaliyalik futbolchi mart oyida “Yunayted” tarkibida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. APL doirasida “Tottenhem”ga qarshi o‘yinda (3:2) het-trik qayd etgan bo‘lsa, Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Atletiko”ga qarshi bahsda (0:1) samarali harakat qila olmadi.
Qayd etish kerak, Ronaldu bungacha 2021-yilning sentabr va oktabr oylarida ham oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rilgandi.
Ronaldu 2021/22-yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalar doirasidagi 33 ta o‘yinda 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)