• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlatlararo komissiya yanvardagi blekautga O‘zbekistondagi uzilish sabab bo‘lganini ma’lum qildi

    Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika tizimlarining tizim operatorlari vakillaridan iborat “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining maxsus komissiyasi 25-yanvar kuni sodir bo‘lgan elektr ta’minoti uzilishi sabablarini tekshirishni yakunladi. Bu haqda Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi xabar qildi.

    Qayd etilishicha, komissiya avariyaga O‘zbekiston energetika tizimi elektr ta’minotidagi uzilish sabab bo‘lganini aniqlagan. Shu kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:59 da Sirdaryo IESning 500 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasi bilan bog‘lovchi 500 kV liniyasining ajratgichida (yacheykasida) qisqa tutashuv sodir bo‘lgan

    Keyinchalik birinchi va ikkinchi 500 kV shina tizimlarining differensial himoyasining haddan tashqari ishlashi Sirdaryo IESda ishlab chiqarishning sezilarli darajada qisqarishiga, stansiyaga tutash elektr tarmoqlarida bir necha marta uzilishlarga va Qozog‘istonning Yagona elektr energetika tizimining 500 kVlik tranzitiga 2100 MVt quvvat yuborilishiga (ruxsat etilgan darajadan 7 baravar yuqori) olib kelgan.

    “KEGOC elektr tarmoqlari va Qozog‘iston janubidagi elektr stansiyalarining avariya avtomatlari tizimdagi avariya holatlarida energiya tizimini ajratish talablarini inobatga olgan holda normal rejimda ishladi. Buning yordamida Qozog‘istonning janubiy zonasidagi iste’molchilarning to‘liq uzilishining oldini olish, mamlakat janubidagi iste’molchilarning qariyb 60 foizini elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin bo‘ldi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika tizimlari to‘liq quvvatsizlantirildi”, — deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, halokatni bartaraf etish va Qozog‘istondagi barcha iste’molchilar uchun cheklovlarni olib tashlash uchun 4 soat vaqt ketgan. Qirg‘izistonda sxema va rejim tiklanishiga bir sutkadan ko‘proq vaqt ketgan. O‘zbekistonda esa iste’molchilarni energiya bilan ta’minlashni tiklash ishlari to‘rt kun davom etgan.

    Avvalroq Qozog‘istonda elektr tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mas’ul operator KEGOC Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlari va butun Qirg‘izistonni qamrab olgan Markaziy Osiyo yagona elektr tizimidagi o‘chish sabablari to‘liq tafsilotlarini e’lon qilib, elektr energiyasidagi uzilish Sirdaryo IES tufayli ro‘y berganini tasdiqlagandi.

    25-yanvar kuni KEGOC boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bakitxan Jazikbayev “Nastoyashyee vremya”ga bergan intervyusida O‘zbekistondagi Sirdaryo IESda avariya yuz bergani, buni oqibatida stansiyaning 4 ta enerogobloki ishdan chiqqanini aytgan edi. Bu Qozog‘iston energetika tizimidagi kuchlanishning oshishiga olib kelgan.

    26-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Abdumalik Nazirov Sirdaryo IESda nosozlik yuz berganini tasdiqlagandi: “1600 megavattlik katta quvvat yo‘qotildi (IESning umumiy quvvati 3200 MVt — tahr.). Avariyaga qarshi himoyaning ishga tushib ketishi natijasida butun respublika bo‘ylab ishlab chiqarish obyektlari tizimdan uzib qo‘yildi”.

    27-yanvar kuni qozog‘istonlik elektroenergetika bo‘yicha ekspert Petr Svoik “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida avariya Sirdaryo IESda sodir bo‘lgani haqida gapirgan edi. U, shuningdek, mintaqa energiya halqasi qanday tarkib topgani va inqiroz yana takrorlanishi mumkin yoki yo‘qligi borasida o‘z fikrlarini bildirgan.

    O‘zbekiston Energetika vazirligi 28-yanvar kuni bosh vazir raisligidagi hukumat komissiyasi yuz bergan hodisa sabablarini o‘rganishda davom etayotganini xabar qildi. “Komissiya ishi natijalariga ko‘ra, ma’lumotlar rasman e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir:

    • Qozog‘iston hukumati mamlakatda energetika tizimi qayta ishga tushirilganini ma’lum qildi
    • Markaziy Osiyodagi blekautda kim aybdor? O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotidagi katta uzilishlarning sabablari haqida

    O‘zbekistonda kuzatilgan elektr energiyasining yirik nosozligi xronologiyasi

    25-yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda. Toshkent shahar IIBB esa tibandliklarning oldini olish maqsadida ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

    Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Hojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

    Mavzuga doir: “Toshkentda svet o‘chganiga hayron qoldim”. Poytaxt aholisi va mehmonlari elektr energiyasidagi uzilishlar haqida (video)

    Keyinroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” ekanini ma’lum qilib, fuqarolarni sarosimaga tushmaslikka chaqirdi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasida kuzatilayotgan nosozlik bo‘yicha komissiya tuzildi. Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi to‘liq tiklanganini xabar qildi. Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatining bir qator hududlarida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi. Toshkent IESning faoliyati qisman tiklanib, 7 ta energoblokdan 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi.

    Energiya tanqisligi ortidan O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

    SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.

    26-yanvar soat 02:30 ga borib O‘zbekistonning 7 ta hududida elektr ta’minoti to‘liq tiklangani xabar qilindi.

    16.03.2022, 22:24   Izoh (0)   15908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiydagi “Nurota” mehmonxonasi 17 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    16.03.2022, 22:11

    Toshkentda Cobalt kanalga tushib ketdi (video)

    16.03.2022, 21:59

    O‘zbekistonda Twitter va TikTok VPN ilovalarisiz ishlay boshladi

    16.03.2022, 21:51

    O‘zbekistonda tekshirilgan 45 ta yo‘l qurilish obyektining 27 tasi me’yoriy hujjatlar talablariga javob bermagan — “O‘zyo‘linspeksiya”

    16.03.2022, 21:34

    So‘m oxirgi yillarda uchinchi marta quladi. Avvalgi qulashlar qanday sodir bo‘lgan edi?

    16.03.2022, 21:22

    “Xitoydan boshqa davlatlarga koronavirus tarqalish ehtimoli 180 darajaga o‘zgargan” — Botirjon Qurbonov

    16.03.2022, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.