Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Nurota” mehmonxonasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
“Nurota” mehmonxonasi 50 kishiga mo‘ljallangan. 2017-yilda qurilgan 3 qavatli bino 35 xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,97 gektar. Binoning maydoni — 926 kvadrat metr. Mehmonxonada gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Lot izohida yozilishicha, mehmonxona barcha jihozlari bilan savdoga qo‘yilmoqda.
Auksionga qo‘yilgan mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi — 17,32 mlrd so‘m. Arizalar 14-aprel 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Jizzaxda qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli bino 5,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)