• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ukraina bo‘lmasa, Rossiya, Xitoy, Hindiston yoki boshqa davlatlar ham bor”. O‘zbekistondagi dorilar savdosini qanday o‘zgarishlar kutayotgani haqida mutaxassis fikri

    Rossiyaning Ukrainaga qarshi operatsiyalari oqibatida butun dunyo iqtisodiyoti ma’lum darajada zarar ko‘ra boshladi. Rossiyaga bir nechta davlatlar sanksiya qo‘llayotganidan ham xabaringiz bor.

    Yevropa davlatlari o‘zining taniqli kompaniyalarining Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatib qo‘yish bilangina cheklanmadi, balki, osmon hududini ham yopib, barcha reyslarini bekor qildi.

    O‘zbekiston ham diplomatik jihatdan neytral pozitsiyani egallagan bo‘lsa-da, muzokaralardan to‘xtamayotgan ikki davlat bilan hamkorlikda ish yurituvchi bir nechta sohalar salbiy ta’sir ko‘rishi tabiiy.

    Masalan, O‘zbekistondagi dori-darmon savdosini olaylik. Odamzod mavjud ekan, uning oziq-ovqat va dori-darmonga ehtiyoji hech qachon tugamaydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ayniqsa, pandemiya davrida ko‘pchilikning immun tizimi pasayib, yengil kasalliklar bilan kurashishi ham qiyinlashgan. Bunday vaziyatda, albatta, shifokor ko‘rigi va ko‘p hollarda uning ko‘rsatmasi asosida dori vositalari bilan shifo topiladi.

    Daryo so‘roviga asosan, Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekistonga 63 ta davlatdan qiymati qariyb 1,6 milliard dollarga teng bo‘lgan farmatsevtik mahsulotlar import qilingan.

    Bu 2020-yilga nisbatan 437 million dollarga oshganini bildiradi. Shundan Ukrainadan keladigan dorilarning ulushi – 86 million dollar, Rossiyadan esa 145 million dollarni tashkil etgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Olti yildan buyon farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan OOO “Alichang-International” kompaniyasining dori-darmonlarni xarid qilish bo‘limi xodimi Ahror Dadaxonov “Daryo”ga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan dorilardan ko‘p foydalaniladi.

    Ahrorning so‘zlariga ko‘ra, dorilarning miqdori foizlarda hisoblansa, taxminan 60 foiz — Rossiyadan, 20 foiz esa Ukrainadan keltiriladi. Shuningdek, Yevropaning yirik davlatlariga tegishli dorilar ham, asosan, Rossiya orqali olib kiriladi.

    Muhokamalarga sabab bo‘layotgan ikki davlatning tortishuvi oqibatida dorilarning doimiy foydalanuvchisiga aylangan aholi, “endi nima bo‘ladi, narxlari qanday o‘zgaradi, bizga kelmay qo‘ysa-chi?” kabi vahimali o‘ylar ostida qolgan bo‘lishi mumkin.

    “Ukrainadagi mutaxassislardan dorilariga yetishmovchilik ehtimoli haqida so‘raganimda, ular Ukrainada ishlab chiqariluvchi dori-darmonlar barcha yetkazib beruvchilarda yetarli va xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirgandi.

    O‘zbekistonda 140 ta yetkazib beruvchisi bo‘lsa, barchasida zaxira dori-darmonlar mavjud va narx bilan bog‘liq ajiotaj bo‘lish ehtimoli juda kam” — deya izoh bergan edi Ahror Dadaxonov.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Daryo” o‘rganishlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘p kuzatiladigan qon bosimi ko‘tarilishiga qarshi – “Amlonon”, yurak og‘riganida til tagiga qo‘yish odat bo‘lgan – “Validol” va virusga qarshi – “Amizon”, qolaversa, aynan hozir talabgir bo‘lgan qon suyultiruvchi “Flenoks” kabi dori vositalari Ukrainada ishlab chiqariladi.

    “Agar Ukraina dori-darmonlari o‘zbek bozoridan chiqadigan bo‘lsa, o‘rnini Rossiya, Hindiston, Sloveniya, Gruziya va Xitoy egallashi mumkin. Odamlarimiz o‘rgangan dorilarga kelsak, ularning Fransiya, Rossiya va Hindistondan keltiriluvchi analoglari hamisha mavjud. Umuman olganda, hali bunday oqibatlar bo‘lishi ehtimoli sezilayotgani yo‘q”, — degan.

    Mutaxassis ma’lumot va narxlar tez suratlarda o‘zgarayotganini aytib, avvalgilariga qo‘shimcha qildi:

    “Kecha Ukrainadan va Rossiyadan keltirilgan tovarlar narxi oshmayotgani haqida ma’lumot bergandim. Bugun esa, boshqa davlatlar qatori, O‘zbekistonda ham dollar kursi oshib ketgani hisobiga yetkazib beruvchilar dorilarning narxini oshirdi”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mutaxassisga Ukrainadan yetkazib beruvchi vakilning ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi valyuta kursi doim qimmatroq hisoblanadi: agar bitta preparat narxi 30 ming so‘m bo‘lsa, 33 ming so‘mdan sotiladi. Kursning o‘sish hisobi bo‘yicha narxlar yaxlitlanadi — dollar 10, 950 so‘m bo‘layotgan bo‘lsa, ular 11, 500 hisobida oladi.

    Buning sababi olib kelish, yetkazib berish va topshirish davomida dollar kursi o‘zgaraveradi. Biroq, narxlarni ham kursga qarab tez-tez o‘zgartirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shuning hisobiga mavjud narx yaxlitlanadi. O‘zbekistonda dollar kursi 10-martdan 21,41 so‘mga oshib, 10 918,68 so‘mni tashkil etishi ma’lum qilindi. Va tabiiyki shu haftadan dorixonalardagi narxlar ham sezilarli darajada osha boshladi, deydi Ahror Dadaxonov.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bugun yana Ukrainadagi yetkazib beruvchilardan so‘raganimda, maksimum 3-4 oygacha yetadigan dori zaxirasi mavjudligini, Ukrainaning taqdiri noma’lumligi sabab yozdan keyin dori vositalarini olib kelish to‘xtatilishi ehtimoli bor ekanini ma’lum qildi, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

    Biroq biz Ukraina va Rossiya dorilarga o‘rganganimiz, kelajakda boshqa davlatga tegishli dori vositalariga moslashib keta olishimiz shifokorlarga ham qisman bog‘liq. Moslashish deganda bemor organizmining moslashuvi emas, uning psixologik moslashuvi nazarda tutilmoqda.

    Masalan, Ukrainada ishlab chiqarilgan “Azimed” dorisini shifokor tavsiyasiga binoan ichib yurgan bemor dorixonadan yangisini sotib olmoqchi bo‘lganida farmatsevt uning boshqa keltirilmasligini, o‘rniga xuddi shu dorining Hindistonda ishlab chiqarilgan alternativi borligini aytsa, bemor vahimaga tushib qolishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    ULekin uning tarkibi bir xilligi, ta’siri ham avvalgidek bo‘lishini shifokor tushuntirib, yozib berganida esa bemor ancha xotirjam bo‘lib, yangi variantni sotib olishi va qabul qilishi yengillashadi.

    Umuman olganda esa noo‘rin vahimalarga berilmaslik, bir doriga bog‘lanib qolmaslik, kasallikka chalingandan ko‘ra profilaktik chora-tadbirlarni ko‘rish va shunchaki hushyor bo‘lish doimiy davr talabidir.

    09.03.2022, 21:05   Izoh (0)   30064
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda uch nafar fuqaro bankdan olingan qariyb 800 mln so‘m kreditga kriptovalyuta sotib olgani aniqlandi

    09.03.2022, 20:33

    Shavkat Mirziyoyev Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi delegatsiyasini qabul qildi

    09.03.2022, 20:17

    Toshkent hokimligi ko‘chalarda suv yig‘ilib qolishiga odamlar tomonidan tashlab ketilgan axlatlarni sabab qilib ko‘rsatdi

    09.03.2022, 19:52

    Toshkentda avtobus urib yuborgan 5 yoshli bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi

    09.03.2022, 19:31

    “O‘g‘li otasiga yordam bermoqchi bo‘lgan va u ham 20 foiz kuygan”. Qashqadaryoda yashin urish holati yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

    09.03.2022, 18:49

    Qashqadaryoda kuchli shamolda tom qulab tushishi oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati oldi

    09.03.2022, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.