• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Avvaliga qochdi, keyin o‘zi taslim bo‘ldi”. Marhum sportchi Kamoliddin Rasulov o‘limi bilan bog‘liq voqeani o‘rganayotgan sudda IIB xodimlari ko‘rsatma berdi

    Marhum sportchi, 2012-yilda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi Kamoliddin Rasulov o‘limi yuzasidan 2022-yilning 8-fevral kuni boshlangan sud majlisi 25-fevral kuni o‘z ishini davom ettirdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Kamoliddin Rasulov.

    Kamoliddin Rasulov.
    Foto: Marhum yaqinlarining shaxsiy arxividan

    Navbatdagi sud majlisida qotillik sodir etilgan kuni voqea joyiga kelgan IIB xodimlari — Doniyor Raimov hamda Murod Sodiqov guvohlik berdi.

    Sudda dastlab Uchtepa tuman IIB post-patrul xizmati xodimi Doniyor Raimov so‘z olib, unga va sherigi Murod Sodiqovga 14- va 15-dahalar biriktirilganini, qotillik voqeasi 14-daha hududida sodir bo‘lganini bildirdi.

    “Men va sherigim 14-dahadan chiqib kelayotganimizda chamasi 20 nafar kishi yig‘ilib turgan ekan. Odamlardan pichoqladi, degan gaplar eshitildi. Shunda sherigim qochayotgan odamni quvlab ketdi. Men esa ratsiya orqali boshqalarga xabar berib, so‘ngra mashinada sherigim ortidan yurdim. Sudlanuvchi esa ‘dom’ga qarab qochdi. So‘ngra podyezdga kirib ketdi. Birozdan so‘ng esa o‘zi chiqib, taslim bo‘ldi. Biz esa uni olib ketdik”, — dedi PPX xodimi Doniyor Raimov.

    Doniyor Raimov ayblanuvchini qo‘lga olib, voqea joyiga qaytishganida marhum olib ketilganini bildirmoqda.

    “Biz ayblanuvchini qo‘lga olib, voqea joyiga qaytganimizda marhumni olib ketishgan ekan”, — dedi PPX xodimi.

    Sudda so‘z olgan yana bir PPX xodimi Murod Sodiqov ayblanuvchi voqea joyidan qochgach, uni quvlaganini aytmoqda.

    “Voqea joyiga yetib kelganimizda to‘plangan odamlar orasidagi kishilardan biri bizni ko‘rib qochdi. Shunda men uni quvladim. U bizdan qochib, ‘dom’lardan birining podyezdiga kirib ketdi va eshikni yopdi. To‘g‘risi, avvalo shaxsiy xavfsizlik bo‘lgani bois odam pichoqlagan kishining ortidan kirmadim. Shunda uning o‘zi qochish niyati yo‘qligini aytib, oldimizga chiqib keldi. Biz esa uning qo‘lida pichoq yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, uni olib ketdik”, — deydi PPX xodimi Murod Sodiqov.

    Kamoliddin Rasulov.

    Kamoliddin Rasulov.
    Foto: Marhum yaqinlarining shaxsiy arxividan

    IIB xodimlarining qo‘shimcha qilishicha, ular aybdorni qo‘lga olgach, marhumni jarohatlagan pichog‘i qayerda ekanini so‘ragan. U esa pichoqni voqea joyidagi “lotok”ka tashlab yuborganini bildirgan.

    Eslatib o‘tamiz, mazkur sud majlisining 2022-yil 18-fevraldagi muhokamasida so‘z olgan marhumning xotini Gulnoza Xolmurodova marhum eri pichoqlangach, jon talvasasida qochganini, ammo atrofdagilar yordam bermaganini aytib, “kimdir yordam berarmikan deb, yig‘lab yordamga chaqirdim, ammo hech kim kelmadi, hatto PPX xodimlari ham qarab turishgandi. Ishonyapsizmi, hech kim yordam bermadi. Ayblanuvchining akasi voqea joyiga kelib, Kamoliddin akamning qo‘lidan ushlaganini, yordam bermoqchi ekani bilan izohlayapti. Ammo nega Kamoliddin akam pichoqlanib, bekatda qonga belanib yotganida yordamga kelmadi”, degandi.

    Sambo bo‘yicha jahon chempioni 29 yoshli Kamoliddin Rasulov 2021-yilning 13-sentabr kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylar oldida boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmatining rasmiy ma’lumotida chempion yigitning pichoqlanishiga uning gumonlanuvchi tanishiga “Humo Trop” vitaminini tavsiya qilgani, oqibatda esa gumonlanuvchining sog‘lig‘i yomonlashgani, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirgani xabar berilgandi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida so‘z olgan guvoh ham tanishi, sudda ayblanuvchi sifatida ishtirok etayotgan Sh.T. marhum Kamoliddin Rasulov tavsiya qilgan vitaminni aytilgan miqdordan ko‘ra ko‘proq iste’mol qilgani sabab sog‘lig‘i yomonlashganini, kechalari issig‘i chiqib, uxlolmaydigan bo‘lib qolganini aytdi. Voqea sodir bo‘lgan kuni pichoqdan jarohatlangan sportchini ikki kishi quvlab ketayotganini jamoatchilikka oshkor qilgan “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi muxbiriga intervyu bergan noma’lum suhbatdosh esa vitaminni qabul qilgan sportchiga shifokorlar endi o‘lasan, deb aytishganini, sportchi shu sabab men o‘lsam, uyam o‘ladi, deya marhumni pichoqlaganini aytgandi.

    Sudda, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan joyda kuzatuv kamerasiga tushib qolgan ayol ham tinglandi. U sudga videotasvirda ko‘rinib qolgani sabab tergov va sudga kelishga majbur bo‘layotganini, ammo tayinli ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

    Sud ishida 2022-yilning 4-mart kuni soat 15:00 gacha tanaffus e’lon qilindi.

    Sudning 2022-yil 18-fevraldagi muhokamasida sudya “Daryo” tahririyati sud ishini yoritishi uchun rasmiy xat bilan murojaat qilishi lozimligini (aslida sud ishini yoritish uchun sudga rasmiy xat bilan murojaat qilish emas, shunchaki OAV xodimining ishtirokiga ruxsat berilishini so‘rab, iltimosnoma kiritilsa kifoya — tahr.) aytishgandi. 2022-yilning 25-fevral kuni “Daryo” nashri sudya aytganidek rasmiy xat ham taqdim qildi. Ammo sudya video va fotomateriallar olinishiga to‘siq qo‘yib, faqat audioyozuvga, keyingi sud majlisida foto va videomaterial olinishiga ruxsat berilishini aytgan.

    Mavzuga doir: 

    • Chempion yigit Kamoliddin Rasulov o‘limida ayblanayotgan shaxs kurashchi Sherali Jo‘rayev bilan ham adovatda bo‘lgan
    • “Har kuni o‘lib-tirilgandan ko‘ra o‘sha kuni bir marta o‘lishga rozi edim” — pichoqlab o‘ldirilgan sportchi Kamoliddin Rasulovning bevasi
    • “Kamoliddin sotgan vitamindan so‘ng o‘rtog‘imning yuragi sekin urayotgani, jigari kattalashgani aytilgandi”. Marhum sportchi o‘limi yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan sudda dori voqeasi esga olindi

    25.02.2022, 20:52   Izoh (0)   42879
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda o‘g‘lining mashinasini jarima maydonidan chiqarib berish uchun YPX xodimiga 1 mln so‘m pora bergan erkak ushlandi

    25.02.2022, 20:21

    Toshkentdagi avtobus bekatlari namunaviy loyiha asosida bo‘ladi

    25.02.2022, 20:06

    Qashqadaryoda xolasining sumkasidan puli va telefonini o‘g‘rilab ketgan 20 yoshli yigit ushlandi

    25.02.2022, 19:50

    O‘zbekistonda 2021-yilda oliy va professional ta’lim muassasalarida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlandi

    25.02.2022, 19:38

    O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda

    25.02.2022, 19:22

    Abdulaziz Komilov BMTning mamlakatdagi doimiy koordinatori bilan uchrashdi

    25.02.2022, 19:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.