Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Rossiya propogandasiga qarshi turish” uchun Donbass aholisi orasida Ukraina ommaviy axborot vositalarining ta’sirini kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda davlat rahbari devonining matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Prezident Vladimir Zelenskiy Donetsk viloyatiga ishchi safari chog‘ida xavfsizlik masalalari, mudofaa kuchlarining Rossiyaning qurolli bosqinini qaytarish va Rossiya propogandasiga qarshi turishga tayyorligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident Donbass aholisi orasida Ukraina ommaviy axborot vositalarining ta’sirini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdi”, — deyiladi xabarda.
“Biz Ukraina televideniyesi va boshqa ommaviy axborot vositalarining ta’sirini kengroq yoyishimiz kerak”, — deya Zelenskiyning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.
Ukraina prezidenti Donbass hududiga 16-fevral kuni tashrif buyurgan.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi mumkinligi haqidagi bayonotlar yangramoqda va hatto “bosqin sanalari” ham taxmin qilinmoqda. Xususan, Politico gazetasida chop etilgan materialda aytilishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden ittifoqchi davlatlar rahbarlari bilan videokonferensiya vaqtida bosqin sanasini 16-fevral deb atagan.
Ushbu media-kampaniya allaqachon Ukrainadagi iqtisodiy vaziyatning keskin yomonlashishiga, kapital va biznesning mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi, shuningdek, Yevropada energiya narxining oshishiga olib keldi. Yanvar oyi oxirida Zelenskiy axborot maydonida “Rossiya bosqinining ehtimoli borligi” haqidagi xabarlar paydo bo‘la boshlaganidan keyin mamlakatdan 12,5 milliard dollar olib chiqib ketilganini e’lon qildi.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni Yevropadagi keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan misli ko‘rilmagan axborot kampaniyasi deb atadi. U Rossiya biror davlatga hujum qilmoqchi emasligini va birovga tahdid solmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Izoh (0)