• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ramzan Qodirov Putinning gaplaridan keyin Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida tinchlik o‘rnatilishini aytdi

    Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Rossiya Davlat dumasining Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini (DXR va LXR) tan olish masalasi bo‘yicha prezidentga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorini “to‘liq qo‘llab-quvvatlashini” ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi sahifasiga yozib qoldirgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Vladimir Vladimirovich (Putin) — uzoqni ko‘ra biladigan va dono siyosatchi. O‘ylaymanki, u, albatta, tinchlik uchun shunday muhim qadamni tashlaydi”, — deb yozadi Qodirov.

    Qodirovning ta’kidlashicha, o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan DXR va LXR aholisi “ko‘p yillar davomida qonunsizlik azobi ostida yashab kelmoqda” va ularning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga e’tibor qaratilmayapti. “Bunday vaziyatda aynan mustaqillikning tan olinishi ularning xalqaro maydondagi mavqeyini belgilab beradi va ko‘p yillik qarama-qarshilik hamda qon to‘kilishiga chek qo‘yadi”, — deb hisoblaydi Checheniston rahbari.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, chechen xalqi “bu kabi umidsizlik tuyg‘usini” eslaydi va “o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik va uzluksiz jangovar harakatlar” nimaga olib kelishi mumkinligini tushunadi.

    “Donetsk va Luganskda tinchlik sizning gaplaringizdan keyin o‘rnatiladi, Vladimir Vladimirovich!”, — deydi Qodirov.

    Uning qayd etishicha, Rossiyaning “bosqini” va urush e’lon qilish ehtimolligi sanasiga oid xabarlar orqali Rossiya, DXR va LXRga qarshi “keng miqyosli axborot kampaniyasi” olib borilmoqda. Ammo Ukraina “sakkiz yildan beri qo‘shnilari bilan shunday urush olib bormoqda”, xorij ommaviy axborot vositalari bu haqda sukut saqlashni afzal ko‘rmoqda, deydi respublika rahbari.

    Qodirovning ta’kidlashicha, Putinning shunday vaziyatda “tinchlikparvarlik missiyasini” o‘z zimmasiga olishi “mantiqiyroq” bo‘ladi, chunki rasmiy Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmoqchi emas va muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini qidirmayapti.

    19-yanvar kuni mamlakatdagi Kommunistik partiya deputatlarining bir guruhi Putindan DXR va LXRni tan olish borasidagi iltimos bilan murojaatni Rossiya Davlat dumasiga kiritgandi. “Yagona Rossiya” partiyasi ham yana bir loyiha tayyorlagan — MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Viktor Vodolatskiy va qo‘mita raisi o‘rinbosari Artem Turov. Ular Tashqi ishlar vazirligi bilan konsultatsiya o‘tkazish taklifini bergan.

    Rossiya Davlat dumasi 15-fevral kuni murojaatni prezidentga yuborishga qaror qilgan. Putin hujjatni izohlar ekan, Donbassdagi muammoni hal etish uchun barcha zarur ishlarni qilish kerakligini, “biroq bularning barchasini, birinchi navbatda Minsk kelishuvlarini amalga oshirish imkoniyatlaridan kelib chiqib bajarish” lozimligini ma’lum qilgan.

    Avvalroq Checheniston rahbari Telegram-kanalida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va mamlakat xalqiga murojaat yo‘llagandi. U o‘z postining boshida yozayotgan fikrlari Rossiyaning oddiy fuqarosi nomidan bildirilayotganini qayd etgan.

    “Janob Zelenskiy! Masxarabozlik vaqti poyoniga yetdi. Yomon oqibatlarga olib keladigan va ortga qaytarishning imkoni yo‘q bo‘lgan voqea-hodisalarning oldini olish, o‘z xalqiga berilgan va’dalarni bajarish payti keldi. Ya’ni bugun Minsk shartnomasida belgilangan talablarni bajarish zaruriyatga aylandi va buning ayni fursati”, — deb yozgan Qodirov.

    Mavzuga doir: 

    • “Putin Ukraina masalasida muzokaralarga tayyor” — Peskov
    • AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham diplomatlarining bir qismini Kiyevdan ko‘chirdi

    16.02.2022, 10:13   Izoh (0)   19571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Virgin Galactic 16-fevraldan kosmosga parvozlar uchun chiptalar sotishni boshlaydi

    16.02.2022, 09:55

    Bayden Ukraina masalasida videomurojaat bilan chiqish qildi

    16.02.2022, 08:50

    Ukraina katta miqyosdagi DDoS-hujumlar kuzatilganini e’lon qildi: mamlakat mudofaa vazirligi va davlat banklarining saytlari ochilmayapti

    16.02.2022, 07:38

    AQSh Ukraina chegaralaridan Rossiya Qurolli kuchlarining chekinayotganini tekshiradi

    15.02.2022, 23:40

    “Tolibon” Kobulni bo‘ysundirganiga 6 oy to‘ldi. Bu vaqt ichida Afg‘onistonda nimalar sodir bo‘ldi? (video)

    15.02.2022, 22:24

    Putin Rossiyaning Ukraina bilan urushishni istamasligini ma’lum qildi

    15.02.2022, 21:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.