Daryo

“Janob Zelenskiy! Masxarabozlik vaqti poyoniga yetdi”. Ramzan Qodirov Rossiyaning oddiy fuqarosi sifatida Ukraina prezidenti va xalqiga murojaat yo‘lladi

U o‘z postining boshida yozayotgan fikrlari Rossiyaning oddiy fuqarosi nomidan bildirilayotganini qayd etgan

2 daqiqa o‘qish183 106 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RBK”

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram kanalida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va mamlakat xalqiga murojaat yo‘lladi. U o‘z postining boshida yozayotgan fikrlari Rossiyaning oddiy fuqarosi nomidan bildirilayotganini qayd etgan.

Foto: “RBK”

“Janob Zelenskiy! Masxarabozlik vaqti poyoniga yetdi. Yomon oqibatlarga olib keladigan va ortga qaytarishning imkoni yo‘q bo‘lgan voqea-hodisalarning oldini olish, o‘z xalqiga berilgan va’dalarni bajarish payti keldi. Ya’ni bugun Minsk shartnomasida belgilangan talablarni bajarish zaruriyatga aylandi va buning ayni fursati”, — deb yozgan Qodirov.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra ushbu kelishuvlarga rioya etilishini ta’minlash borgan sari keskinlashib borayotgan vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etishdagi dastlabki muhim qadam bo‘ladi. Qodirovning aytishicha, bu nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni, balki global miqyosdagi keskinlikning kamayishiga olib keladi.

Shuningdek, Ramzan Qodirov ukrainaliklarga ham murojaat qilgan.

“Azizlarim! Men Ukraina va uning mehribon xalqini yaxshi ko‘raman. Ukrainaliklarning “g‘arb dunyosi”, uning dushmanona “qadriyatlari” va ruslardan qo‘rquv talvasasining bir qismiga aylanishiga hech qachon ishonmayman”, — deb yozgan u.

Uning qayd etishicha, yot kuchlar ushbu umumiylik hissiyotini sun’iy ravishda yuzaga keltirishga urinmoqda, biroq Ukraina xalqi ichkarida hech kimning yordami va aralashuvisiz tarixiy adolatni tiklashiga umid mavjud.

Ukraina atrofidagi vaziyat yanvar–fevral oylarida Rossiya mamlakat bilan chegara hududiga harbiylarni joylashtirganidan keyin hujum haqidagi gap-so‘zlar tufayli keskinlasha boshlagan. Rossiya hukumati harbiy operatsiya sodir bo‘lishini inkor etib, Ukraina bilan chegarada o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgani, harbiylar mashg‘ulotlar tugaganidan keyin doimiy dislokatsiya hududiga qaytarilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Ukrainadagi vaziyat tufayli bug‘doyning jahon narxlari oshib bormoqda

Avval Zelenskiyning ayni vaqtda oilasi bilan birga Ukrainadan chiqib ketish ehtimoli yo‘qligini bildirgani va mamlakatdan chiqib ketgan siyosatchilar hamda biznesmenlardan ortga qaytishni so‘ragan, shuningdek Niderlandiya, Chernogoriya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Avstraliya o‘z fuqarolariga Ukrainaga bormaslik va u yerda bo‘lganlardan mamlakatdan chiqib ketishni tavsiya qilgan. Keyinchalik Avstraliya va Kanada Ukrainadagi vaziyat sabab Kiyevdagi elchixonasini boshqa shaharga ko‘chirayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “Rossiya Ukrainaga aynan qaysi sanada hujum boshlashini oldindan aytolmaymiz”, — Baydenning yordamchisi

10-fevralda AQSh davlat departamenti fuqarolarga Ukrainaga bormaslik yoki zudlik bilan Rossiya harbiy harakatlari xavfi bo‘lgan va COVID-19 bilan kasallanishlar ko‘paygan hududdan ketishni tavsiya etgan. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi barcha amerikaliklardan zudlik bilan mamlakatdan chiqib ketishni so‘ragan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar