Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga uning ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
“Sizning ushbu yuksak lavozimdagi faoliyatingiz O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona va ko‘p qirrali munosabatlarni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman”, — deyiladi maktubda.
Izoh (0)