Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni mashinasozlik sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda davlat rahbari elektromobillar ishlab chiqarish tarmog‘iga ham to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
“Jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli o‘rin egallamoqda. Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak”, — deydi prezident yig‘ilishda.
Qayd etilishicha, mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirilgan. Bunda:
- elektromobillar uchun butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturini;
- elektromobillar uchun texnik talab va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Izoh (0)