Buxoro viloyati Kogon tumanida 8-fevral kuni erkak janjal sabab o‘z onasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 13:25 atrofida Kogon shahar “Buxoroyi Sharif” mahallasida yashovchi Ch.O‘. (1971-yilda tug‘ilgan) o‘z uyida onasi N.O.ni (1949-yilda tug‘ilgan) oilaviy kelishmovchilik sabab qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Holat yuzasidan sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Ch.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olingan.
Ma’lumot uchun, ushbu modda bilan aybli deb topilgan shaxs o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh (0)