• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ayiq qafasidan olib chiqilgan qizaloq 18 yoshga to‘lguncha Bolalar milliy tibbiyot markazining doimiy nazoratida bo‘ladi

    Toshkent hayvonot bog‘ida onasi tomonidan ayiq qafasiga tashlangan, baxtli tasodif sabab yirtqichdan zarar ko‘rmay qolgan 3 yoshli qizaloq Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

    Foto: SSV

    Foto: SSV

    Sog‘liqni saqlash vazirligi shifoxonada bir necha kundan beri muolaja olayotgan qizaloqning holati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.

    2018-yilda tug‘ilgan bemor Z.A. 2022-yilning 29-yanvarida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar bo‘limi qabulxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan.

    Shundan so‘ng unda standart bo‘yicha nevrologik, ultratovush va bosh miya MSKTsi kabi qator tekshiruvlar amalga oshirilib, qizaloq bolalar reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va tegishli mutaxassislar ishtirokida zarur davo choralari ko‘rilgan. Uning umumiy ahvoli yaxshilangach, boshqa bo‘limga o‘tkazilgan.

    Hozir bemor tibbiyot xodimlari nazorati ostida rejali muolajalarni davom ettirmoqda. Sog‘lig‘i kundan kun tiklanib boryapti.

    Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi bemor qizaloq Z.A.ning 18 yoshga to‘lguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipovni shaxsan mas’ul etib belgiladi.

    Nima bo‘lgan edi?

    28-yanvar kuni soat 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

    “Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i o‘z volyerida yotib olib, qizaloqni metall to‘siq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. U bolani yirtqichning qafasiga otib yuborishga erishdi. Zuzu ayig‘imiz sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rdi va undan uzoqlashdi”, — deyiladi xabarda.

    Holat o‘rganilib, kichkina qizaloqni ayiq volyeriga tashlab yuborgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Keyinroq SSV yirtqich qafasiga tashlab yuborilgan qizchaning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, 2018-yilda tug‘ilgan qizchaga dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng u tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan.

    “U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida”, — deyiladi xabarda.

    Toshkent hayvonot bog‘i Yirtqichlar bo‘limi mudiri Nodir Bahromov bog‘da 28-yanvar kuni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan “Daryo”ga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdi. Xodimning ta’kidlashicha, bu holat bog‘ tarixidagi birinchisi.

    “O‘zi erkak ayiq bu. Aslida erkak ayiq hatto o‘zining bolalari uchraganda yeb qo‘yib, o‘ldiradigan darajada bo‘ladi. Lekin Allohning marhamati deymiz, hatto boshi qonagan holatda ham ayiq qizchaga tegmadi va bu yerdagi xodimlar tez non va shunga o‘xshash yeguliklar bilan ayiqni chalg‘itib, uzoqlashtirdi”, — deydi Nodir Bahromov.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berdi. O‘rganishlar davomida hodisa ishtirokchilari 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro Z.T. va uning 2018-yilda tug‘ilgan qizi Z.A. ekani aniqlangan. Z.T. ismli ayol hozirga qadar o‘z otasi, fuqaro Y.T.ga tegishli xonadonda 2 nafar farzandi bilan yashab kelgan. Ayol bilan suhbat davomida uning Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi, ayni vaqtda Rossiya davlatiga ketgan turmush o‘rtog‘i N.K. bilan hozirda birga yashamayotgani sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgani ma’lum bo‘lgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda esa Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani aks etgan videolavha tarqaldi.

    Mavzuga doir: “Zuzuni ko‘rgani kelayotganlar ko‘paydi”. Qizchaga zarar yetkazmagani ortidan mashhur bo‘lgan ayiq haqida

    07.02.2022, 16:17   Izoh (0)   24559
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ruslanbek Davletov: “Chet eldan keladiganlarga mehmondo‘stlik budjet hisobiga bo‘lmasligi kerak”

    07.02.2022, 15:47

    O‘zbekiston OTMlarida kontrakt to‘lash muddati 1-martgacha uzaytirildi

    07.02.2022, 14:59

    “Diniy tashkilotlarning ixtilof qilishga haqqi yo‘q” — adliya vaziri ayrim domlalarning ma’ruzalari haqida

    07.02.2022, 14:51

    “TikTok’ni bloklash hech qanday samara bermaydi, deb o‘ylayman” — Ruslanbek Davletov

    07.02.2022, 13:52

    O‘zbekistonda hafta oxiriga kelib harorat 20 darajagacha ko‘tariladi

    07.02.2022, 13:49

    Rossiyada 2021-yilda ishlash uchun berilgan patentlarning yarmidan ko‘pi O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ri keldi

    07.02.2022, 13:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anjelina Joli 14 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Kann kinofestivaliga tashrif buyurdi

    Kino | 19 may, 12:50

    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi

    Reklama | 19 may, 12:00

    AQSHda ikki boshli ilon aniqlandi (foto)

    Dunyo | 19 may, 12:39

    “Barselona” va “Manchester Yunayted” jahon chempioni uchun kurash olib bormoqda

    Sport | 19 may, 12:25

    Rossiyaga kirish uchun 30-iyundan QR kod talab etiladi

    Dunyo | 19 may, 11:51

    Ham ko‘ngilochar, ham tarbiyaviy: farzandlar bilan birga ko‘rishga arzigulik 5 ta film

    Kino | 19 may, 11:40

    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

    Reklama | 19 may, 10:30

    Ronaldu yaqin kunlarda kelajagi borasida qaror qabul qiladi — Nikolo Skira

    Sport | 19 may, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.