• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davron Hidoyatov 781 gektar yer maydoni prezident farmoniga xilof tarzda ajratib bergani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar hokimi lavozimida ishlayotgan Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi bo‘lib ishlagan davrida mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biriga 781 gektar yer maydoni prezident farmoniga xilof tarzda ajratilgani oid xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat taqdim etdi.

    Qayd etilishicha, 2021-yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida Toshkent viloyatidan 7 853,3 gektar yer maydoni, shundan 3250,013 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydoni Toshkent shahriga o‘tkazilgan. Bu, o‘z navbatida, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga muayyan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmagan.

    Shu jihatni inobatga olgan holda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash siyosatini yanada mustahkamlash va Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligi samaradorligi salohiyatini barqaror saqlash maqsadida, Toshkent viloyati hokimining 2021-yil 7-oktyabr kuni 164-10-0-Q/21-sonli “Viloyat hokimining 2021-yil 16-sentyabrdagi 128-10-0-Q/21-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

    Unga ko‘ra, MChJga Nurafshon shahri hududidagi jami 781 gektar yer maydoni shaharning tasdiqlangan bosh rejasiga asosan qurilish ishlari boshlangunga qadar boshoqli don ekinlarini ekish uchun vaqtincha biriktirib berilgan. (Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning o‘zida Nurafshon shahri uchun ajratilgan yerlardan 50 gektar yer maydonlari yo‘llar va boshqa infratuzilmani tashkil qilish uchun foydalanilgan.)

    Ushbu qarorga O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 49-moddasi asos qilib olingan. Mazkur moddada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) ijaraga, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga esa doimiy egalik qilish uchun yoki ijaraga berilishi belgilangan.

    Shuningdek, kodeksning 61-moddasida yuridik shaxslar o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yerlardan tuman yoki shahar hokimining qaroriga muvofiq boshqa yuridik shaxslarga, fuqarolarga yer uchastkalarini vaqtincha foydalanishga berishlari mumkinligini nazarda tutuvchi normalar mavjud.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2017-yil 24-avgustdagi “Toshkent viloyatining To‘ytepa shahri va O‘rta Chirchiq tumanining chegaralarini o‘zgartirish, To‘ytepa shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda To‘ytepa shahrini Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash, shuningdek, Toshkent viloyatining Angren shahri hududini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida”gi SQ-207-III-son qarori bilan sobiq To‘ytepa shahri hududi 3248,2 gektar etib belgilangan hamda shahar hududiga o‘tayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasi o‘zgartirilgan.

    Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi “2035-yil davrigacha Nurafshon shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 473-son qarori bilan Nurafshon shahrining 2035-yil davrigacha bo‘lgan bosh rejasi asosiy qoidalari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra 3248,2 gektar yer maydoni istiqbolda shahar infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilganligi ko‘rsatilgan.

    Yer kodeksining 43-moddasida Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanishi belgilangan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga asosan, Toshkent viloyatida jami 11 013 gektar yer maydoniga tokzor plantatsiyalari barpo etilishi belgilangan. Qishloq xo‘jaligi foydalanishidagi yer maydonlarida 2022-yil boshoqli don ekinini joylashtirish bo‘yicha Toshkent viloyatida belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash maqsadida boshoqli don ekinlarini ekish maqsadga muvofiq, deb topilgan.

    “Shu o‘rinda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish (tasarruf etish, ijara, foydalanishga berish, vaqtinchalik biriktirish va hokazo) yuzasidan ma’muriy reglament ishlab chiqilmagani, hududiy adliya organlari tomonidan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazilish mexanizmi yaratilmaganini ham nazarda tutish lozim.

    Qaror sanasiga e’tibor qilinsa, (oktabr oyi) u ayni qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan, kuzgi g‘alla ekish mavsumi ketayotgan pallada qabul qilinganini ko‘rish mumkin. Bundan anglashiladiki, ekish mavsumi o‘tib ketsa, yil yakuniga kelib, yer maydonlari ekin ekish uchun yaroqsiz holatga kelib qolishi, bu esa, o‘z navbatida, yuqorida ta’kidlanganidek, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muammolar tug‘dirishi hisobga olingan va yer mavsumiy foydalanish uchun tezkor biriktirib berilgan.

    Bir so‘z bilan aytganda, o‘sha vaqtda yerdan samarali foydalanish, dehqonlar ta’biriga ko‘ra, yerning “umri”ni bekor o‘tkazmaslik, qolaversa, Toshkent viloyatida Hukumat tomonidan berilgan topshiriqlarni to‘laqonli bajarish, viloyat ko‘rsatkichlarini Respublika ko‘rsatkichlari darajasiga yetkazish uchun mana shunday yo‘l tutilgan va yuqoridagi qaror qabul qilingan”, – deyiladi hokimlik xabarida.

    Adliya vazirligi munosabati

    Adliya vazirligi ham ushbu xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida adliya vaziri Ruslan Davletovning 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

    Vazir o‘z axborotida yana bir muhim masala – yer ajratish borasida ham ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda yer ajratish allaqachon auksion orqali amalga oshirish tizimiga o‘tilgan bo‘lsa-da, baribir to‘g‘ridan to‘g‘ri yer ajratishga urinishlar uchrab turibdi. Bu masala bo‘yicha tushuntirishlar berildi, yer ajratishga oid ko‘pchilik narsalar, xususan, registratsiya kitoblarini yuritish mahalliy davlat hokimiyati organlaridan olib qo‘yilgan.

    Shunga qaramay Toshkent viloyatida 2021-yil oktabr oyida 781 gektar yer maydoni MChJga shundoq berib yuborilgani haqida ma’lumot berildi.

    “Adliya vaziri tomonidan yuqoridagi Toshkent viloyatida bo‘lgan yer ajratish bo‘yicha holatlar biror subyekt yoki shaxs tomonidan sodir etilganligi yoxud sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi bo‘yicha hech qanday ma’lumot berilmagan.

    Faqatgina bu kabi holatlarning oldini olish kerakligi, yer ajratishda yanada e’tiborli bo‘lish lozimligi va bu sohadagi islohotlarni davom ettirish joizligi haqida aytib o‘tilgan”, – deyiladi vazirlik xabarida.

    Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr kuni Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etilib, Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi. Hidoyatovning o‘rniga Qashqadaryo viloyatiga 2019-yilning oktabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Zoir Mirzayev tayinlandi.

    Mavzuga doir:

    • “Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi”. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining sobiq hokimlari haqida
    • “Katta-katta hokimlarni javobgarlikka tortsangiz, sizni hurmat qilishni boshlayman”. Mirziyoyev yer ajratishdagi korrupsiya holatlari yuzasidan bosh prokurorga yuzlandi

    05.02.2022, 14:13   Izoh (0)   26067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoro chegara postlarida salkam 1,5 mlrd so‘mlik mahsulotlarni yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi

    05.02.2022, 13:33

    Jizzax va Farg‘onada jami 548 mln so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    05.02.2022, 11:52

    Shavkat Mirziyoyev Pekinda qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi (foto)

    05.02.2022, 11:41

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi qurilmalar holatini o‘rganish maqsadida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida bo‘ldi

    05.02.2022, 11:40

    Qashqadaryodagi prokuror-hokimlar “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

    05.02.2022, 11:30

    Parkentdagi qadimiy yodgorlik g‘isht zavodiga aylantirilgan – mas’ullar nima deydi?

    05.02.2022, 10:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.