Daryo

Zoir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi

2019-yildan buyon Qashqadaryo viloyatiga hokimlik qilib kelgan Zoir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi

1 daqiqa o‘qish122 022 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati sobiq hokimi Zoir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu xabarni “Daryo” manbasi tasdiqladi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

2018-yilning fevralidan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Murotjon Azimov prezident farmoni bilan Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Zoir Mirzayev 1968-yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Hokim sifatidagi ish faoliyatini 2003-yil Jomboy tumanidan boshlagan. 2008—2010-yillarda Samarqand shahar hokimi, 2010—2016-yillarda esa Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyat hokimi sifatida 2019-yilning oktabridan buyon ishlab kelayotgandi. Unga qadar  bosh vazir o‘rinbosari hamda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yil oktabrida “Oqqo‘rg‘on voqeasi” sabab ishdan olinib, Sharof Rashidov tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Zoir Mirzayev 2021-yilda “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Mazkur nishonga qadar 2014-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, Mustaqillikning 15, 20 va 25 yilligi ko‘krak nishoni, Milliy gvardiyaning “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Video: Qashqadaryolik faollar Zoir Mirzayevga to‘n kiydirib, yangi lavozimga kuzatdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar