• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parkentdagi qadimiy yodgorlik g‘isht zavodiga aylantirilgan – mas’ullar nima deydi?

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2-fevral kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan arxeologik yodgorlikni saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik talablari qo‘pol ravishda buzilgani to‘g‘risida bayonot berdi.

    “Kultepa” arxeologiya yodgorligi

    “Kultepa” arxeologiya yodgorligi
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, tuman hokimligi 2018-yil 28-sentabrda “Istiqbol” MFYda joylashgan “Kultepa” arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yerni auksionda “U.Q.B” MCHJga xom g‘isht ishlab chiqarish sexi qurilishi uchun noqonuniy sotgan. Hududda mahsulot ishlab chiqarish va qazilma ishlari olib borilishi natijasida madaniy meros obyektiga 1,5 trillion so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

    “Daryo” muxbiri holatni o‘rganish maqsadida qadimiy yodgorlik maydoni deyilayotgan hududda bo‘lib, yerni sotib olgan tadbirkordan intervyu oldi. Yer egasi, “Usta qurilishi biznes” MCHJ rahbari Shahobiddin Ummatillayev hududni qonuniy tartibda, auksion orqali sotib olganini, unga obyekt maydoni  davlat muhofazasidagi joy ekanini isbotlovchi birorta hujjat taqdim etilmaganini aytdi.

    Shahobiddin Ummatillayev

    Shahobiddin Ummatillayev
    Foto: “Daryo”

    “Bu yerni 2018-yili auksionda 175 million 800 ming so‘mga yutib olganmiz. Oradan 20 kun o‘tib, Parkent tuman hokimi yerni bizning tashkilotga baza yaratish bo‘yicha qaror chiqarib berdi. Keyin kultivatsiya ishlari boshlandi. 2020-yilgacha bir maromda ishlab keldik. 2020-yilning iyun oylarida ishchilarim menga Madaniy meros degan tashkilotdan odam kelgani haqida aytdi. Ularning aytishicha, bizning 2 gektar yerimiz Madaniy merosga tegishli ekan. Oradan 1 yarim 5 oy o‘tgach, Parkent tuman ichki ishlar bo‘limiga chaqirildik. Ularga hujjatlarning hammasini taqdim qildik. Shundan so‘ng oradan uch oylar o‘tdi. Bir kun kelishdi, biz yo‘q edik. Traktor ishlab chiqib ketgan payt ular maydonni aylanibdi-da, ko‘zaning sinig‘ini ko‘rishibdi. Keyin bizni chaqirishdi. Kelsam, 5-6 kishi turgan ekan. Biri Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining boshlig‘iman, dedi. Men “Bu yerga korrupsiyaning nima aloqasi bor”, dedim. Biri departamentdan, biri Madaniy merosdan ekan. Ulardan hujjatini so‘raganimda hech qaysi biri hujjatini taqdim etmadi. “Mashinada bor, ko‘rsatamiz”, deyishdi.

    Madaniy meros agentligi xodimiga: “Mening qarorim (hujjat) bor, senda bu borada qaror (hujjat) bormi?”, dedim. U “Kultepa”ning Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilganini aytdi. Bu yerda “Kultepa” emas, bu yerda “Istiqlol” MFY, “Kultepa” pastroqda. Bir oycha avval viloyat prokuraturasidan oldimga kelishdi, ular ham o‘rgandi, hali xulosaga kelinmadi”.

    Bugungi bo‘layotgan voqealar aqlga sig‘maydi. Madaniy meros xodimiga kimdir pul taklif qilganmi shu yerni olib ber, deb? Nima uchun 6,5 gektar meros emas-da, 2 gektari meros, 4,5 gektari tepa emas. Yozilishicha, 2018-yili yutib olgan, 2019-yilda Madaniy merosga berilgan deb. Qanday qilib? Madaniy meros birovning uyiga kelib olib qo‘yolmaydi-ku. Bo‘layotgan narsalar mantiqqa to‘g‘ri kelmayapti. Men Madaniy meros xodimining o‘ziga ham savol berdim. Senga birortasi pul bergan bo‘lsa ayt, lekin hamma tashkilotlarni ovora qilma, dedim”.

    Ular “Bu yerda qabr bor”, deyishdi. Qabr 1 mlrd 800 million yillik deyishdi. “Mening yerim yerning qatlami, qabr pastroqda bo‘lishi mumkin”, dedim. Mayli, 2 gektarni Madaniy meros mendan olib qo‘yar, 4 gektar menda qoladi. Nima bu yerga haykal o‘rnatadimi? Bu yerda Madaniy meros orqali kimningdir manfaati yotibdi. Agar 6,5 gektarning hammasini talab qilganda boshqa gap edi. Lekin unday bo‘lmayapti. Bitta tepalikdagi 6,5 gektardan 2 gektari meniki, qolgani “Asia keramiks”niki. Ular g‘isht ishlab chiqarishadi: 5 gektarli g‘isht zavodi, turklarniki, hozirda ish faoliyati to‘xtab turibdi”, — deya holatni izohladi tadbirkor.

    Antikorrupsiya agentligi bayonotida arxeologiya yodgorligi deyilayotgan yer maydoni hukumatning 2019-yil 4-oktabrdagi qarori asosida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgani keltirilgan. Ammo yer chindan ham bir yil avval (2018-yilda) tadbirkorga sotib bo‘lingan.

    Shahobiddin Ummatillayev so‘zi davomida mas’ullar hududdan topilgan ko‘za bo‘yicha hech qanday tushuntirish bermagani, g‘isht zavodini qurish va ishga tushirish uchun anchagina mablag‘ sarflaganini aytdi.

    “Bu yerga 3 mlrd so‘mga yaqin pulim ketdi. Texnikalar sotib olindi. Agar auksion vaqtida bu yer Madaniy merosniki ekani aytilganda olmasdim. Agar Madaniy meros o‘sha vaqtda harakat qilganda auksionga chiqmas edi. Bizga shu kungacha bu yer Madaniy merosligi haqida rasmiy qog‘oz bermagan. Faqat gapda. 1-2 yil avval kelganda biz pul ham tikmasdik, qaytarib berardik. Hozir 6,5 gektardan 2 gektari ularniki, qolgani esa unday emas ekan. Nima uchun bir hovlini ikkiga bo‘lib qo‘yishyapti?

    Bu yerni ko‘rib turgan qaysi inson ayta oladi, nimasi madaniy meros bu yerning? Hamma joydan qabr chiqishi mumkin. 100 yil avval kimdir o‘lib ketgandir. Qabr chiqdi, degani Madaniy merosga kiradi, degani emas-ku. Avval faktlari bilan isbotlashsin, tuman hokimi qarorini olib kelishsin. Madaniy meros olishidan avval mening avvalgi qarorimni bekor qilib berishi kerak. Sizning uyingizga kelib, “Bu yer Madaniy merosniki, bu yerni bo‘shat”, deyishsa. Bittasi kelib “Men tezroq kadastr qilishim kerak” deydi. “Bu senga xolangni uyimi kadastr qilasan”, dedim. Bugungi kunda chiqayotgan xabarlar umuman o‘rinsiz”, — dedi u.

    Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi matbuot kotibi Bahodir Ashurov hududda o‘tkazilgan xatlov ishlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Uning  ta’kidlashicha, o‘rganishlar jarayonida yer arxeologiya yodgorligiga qarashli ekani aniqlangan.

    Bahodir Ashurov

    Bahodir Ashurov
    Foto: “Daryo”

    “Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2020-2021-yillarda hududlarda xatlov olib borish jarayonida Parkent tumanidagi “Kultepa” arxeologiya yodgorligiga qarashli yerda xom g‘isht ishlab chiqarilayotgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan mutaxassislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorlik subyekti mas’ullariga xom g‘isht chiqarishni to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish xati berilgan. Mazkur arxeologiya yodgorligi I-IV asrlarga taalluqli bo‘lgan qadimiy joy ekani mutaxassislar tomonidan e’tirof etiladi. 2021-yil 26-aprelda holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi, Madaniy meros departamenti hamda viloyat hokimligiga hujjatlar taqdim etilgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

    Xatlov jarayonida tadbirkorlarga ogohlantirish berilishiga qaramasdan, u yerda g‘isht ishlab chiqarish davom ettirilgan. Buning natijasida ushbu tepalikka ancha zarar yetkazilgan. Ilmiy kengash arxeologik yodgorlik hududida ko‘chmanchi chorvador ajdodlarimizga tegishli qabriston mavjudligi to‘g‘risida xulosa bergan”, — dedi boshqarma vakili.

    “Daryo” muxbiri madaniy meros obyekti ekani aytilayotgan yer hududi savdosi bo‘yicha izoh olish uchun Parkent tuman hokimligida bo‘ldi. Hokimlik bosh mutaxassisi Abdurahim Qurbonovning ma’lum qilishicha, mazkur yer maydoni madaniy meros obyekti ekani bo‘yicha o‘rganishlar 2021-yilga kelib o‘tkazilgan.

    Abdurahim Qurbonov

    Abdurahim Qurbonov
    Foto: “Daryo”

    “Parkent tumani “Istiqbol” MFY hududida joylashgan 2 gektar yer maydoni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qarori talablari asosida E-ijro auksion orqali realizatsiya qilishga chiqarilgan va tadbirkorga berilgan. 2021-yilda bu yer maydoni madaniy meros obyekti ekanligi amaldagi hokimimiz tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilib, Madaniy meros agentligi xodimlari bilan birgalikda o‘rganib chiqildi. Hozirda holatni to‘liq o‘rganish, kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Yer auksionga chiqarilgani bo‘yicha to‘plangan materiallar prokuratura organlari tomonidan o‘rganilyapti. Ishchi guruh xulosalari jamoatchilikka ma’lum qilinadi”, — dedi hokimlik vakili.

    Aksilkorrupsiya agentligi bayonotida shuningdek, 2021-yil dekabrda Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan “U.M.P.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 2-qismi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazib kelinayotgani ma’lum qilingan.

    05.02.2022, 10:31   Izoh (0)   24093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 912 kishida koronavirus tasdiqlanib, 2 bemor vafot etdi

    05.02.2022, 10:04

    Аfg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning qator hududlarida sezildi

    05.02.2022, 09:31

    Qashqadaryoda 23 yoshli yigit 4-qavatdan yiqilib vafot etdi

    05.02.2022, 09:06

    Qashqadaryoda qarzni undirishga kelgan MIB xodimlarini urgan shaxs qamaldi

    05.02.2022, 08:06

    Olimpiada ochilishida qatnashgan Mirziyoyev, Mustaqillik kunini nishonlagan Shri-Lanka, “Leningrad”da tug‘ilgan yalqov. 4-fevral suratlari

    05.02.2022, 00:15

    Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

    04.02.2022, 23:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.