Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida 27-yanvar kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 12:47 da tumanning “Yangi Sergeli” mahallasi Sergeli 8A-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:58 da yetib borib, yong‘in soat 13:04 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida xonadonning 3 kvadrat/metr maydonida oshxona jihozlari yonib, zararlangan.Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)