Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz ta’minoti bo‘yicha navbatdagi ma’lumotni taqdim etdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Farg‘ona vodiysiga gaz ta’minotini normallashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlarni yaqin vaqt ichida yakunlash rejalashtirilgan.
27-yanvar, ertalab soat 09:00 dan boshlab shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek, aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejimida ishlay boshladi. Hozirda Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida gaz bosimi me’yori pastligi bois ushbu viloyatlardagi gaz quyish shoxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar saqlanib turibdi.
“Avtomobil haydovchilariga ushbu vaziyatni tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va iloji bo‘lsa, zarur hollarda muqobil yonilg‘i turi — Ai-80 benzini yoki boshqa markalardan foydalanib turishlarini so‘raymiz.
Ertaga ertalabdan boshlab respublikadagi barcha gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejimida ishlay boshlaydi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Izoh (0)