Daryo

Chilonzordagi omborxonalarning birida yong‘in chiqdi (video)

Yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan va hozirda uni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda

1 daqiqa o‘qish33 818 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan omborxonalarning birida yong‘in chiqdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 24-yanvar kuni soat 09:58 da tumanning Bunyod ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da yetib borib, yong‘in soat 10:57 da qurshab olingan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonaning taxminan 250 kvadrat metr maydonidagi tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. FVV hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qildi.

Avvalroq Farg‘onadagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani, Andijondagi mahallalarning birida joylashgan transformatorda yong‘in chiqqani, Toshkentdagi kafelardan birida yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar