• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ozodbek Nazarbekov: “Ertangi kunimiz badiiy saviyasi sayoz bo‘lgan teleseriallar muhokamasi bilan band bo‘lmasin”

    O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijtimoiy tarmoqlarda xususiy telekanallarda namoyish etilayotgan teleseriallar saviyasi borasida yuzaga kelgan bahs-munozaraga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama etilgan, xususiy telekanallarda namoyish etilayotgan teleseriallarga nisbatan keskin norozilik kayfiyati kuchaydi. Ta’kidlash joizki, bundan ikki yilcha avval ham seriallar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgandi. Ayni paytda ham bu holat takrorlandi. Bundan ko‘rinib turibdiki, soha vakillari kelgusida yana shunday kayfiyatdagi tomoshabin bilan yuzlashmaslik uchun bu borada aniq va to‘g‘ri yondashuvni topishi kerak. Yo‘qsa, ularning yurt taqdiriga daxldor shaxs sifatida birinchi va ikkinchi “Uyg‘onish davri” yangilanishlarini yaratgan ajdodlarimizning ma’naviy orzulari davomchilari bo‘lgan uchinchi Renessans vakillarini munosib tarbiyalash uchun nima qildik, degan savolga arzirli javoblari bo‘lmasligi mumkin.

    Aslida bu borada mushohada yuritish har birimizning ma’naviy burchimizdir. Ayniqsa, televideniye xodimlarining oldida “Oynayi jahon orqali efirga uzatayotgan har bir telemahsulot yoshlar tarbiyasiga qanday ta’sir qiladi, bu bilan jamiyatga qanday nafimiz tegyapti?” degan savol ko‘ndalang turishi kerak.

    Ayniqsa, yoshlar jamiyat uchun parda ortidagi voqelik, ko‘p ham ommaviy muhokama qilinmaydigan munosabatlar sirli, sehrli tuyuladi, ularni ko‘rishga intilish kuchli bo‘ladi. Chunki murg‘ak ong-u qalb oq va qora mohiyatini to‘la anglamaydi. Mana shunday ojizlikdan foydalanib, o‘z mahsulotlarini o‘tkazishga harakat qilish ma’naviyatsizlik, madaniyatsizlikka olib kelmaydimi? Bu millatga, xalqqa, davlatga xiyonatning bir ko‘rinishi emasmi?

    Bugun zo‘rovonlik, zinokorlik, yovuzlik “virusi”ni tarqatayotgan manbalar jamiyatni ma’naviy majruh qilishga urinayotganini sog‘lom ong, teran tafakkur egasi qabul qila olmaydi. Bu kabi e’tiborsizlik, loqaydliklar sabab jamiyatda insonlar qadrsizlanib, ularning fikri, ma’naviy ehtiyojlari ikkinchi darajaga tushib qolishi biz tanlagan O‘zbekistonni rivojlantirishning Taraqqiyot strategiyasiga qay darajada hamohang bo‘la oladi?

    Zotan, bugun tobora yangilanayotgan O‘zbekistonning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan uchinchi Renessans avlodlarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarimizga tayanmog‘imiz shart. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqning teran ma’naviyatisiz, g‘ururisiz, yuksak madaniyatisiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi.

    Aziz mutasaddilar!

    Katta targ‘ibot maydoni bo‘lgan OAVlari orqali xalqimiz talab va ehtiyojlariga javob beradigan mahsulotlarni bering. Toki, ertangi kunimiz badiiy saviyasi sayoz bo‘lgan teleseriallar muhokamasi bilan emas, o‘zbek farzandlarining olamshumul muvaffaqiyatlarini muhokama qilish, istiqbolimiz uchun ma’naviy sarmoya bo‘ladigan loyihalar targ‘iboti bilan band bo‘lsin.

    Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri 

    Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialidagi axloqsiz sahna aks etgan kadr tarqalgani, AOKA holat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilgandi. Keyinroq O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov (“Sevimli” telekanali rahbari Amira Rashidovaning otasi) xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan milliy seriallar bo‘yicha izoh berdi.

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ushbu serialini tanqid qilib, badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtayi nazaridan xulosa berishga chaqirdi. Amira Rashidova esa kanalda uzatilgan behayo sahna yuzasidan munosabat bildirib, serial namoyishidan avval 16+ markirovkasini bergani, qolaversa, “axloqsiz” degan ayblovni qo‘yishdan oldin kesib olingan kadrning yakunini tushunish uchun filmning yana 3 daqiqasini ko‘rish yetarli ekanini bildirgandi.

    Mavzuga doir: 

    • “Saida Mirziyoyevaning fikriga qarshi emasman”. Amira Rashidova anglashilmovchilik uchun xijolatligini aytib, uzr so‘radi
    • “Seriallarning asosiy buyurtmachisi o‘zingiz bo‘lsangiz”. Komil Allamjonov “Sevimli”dagi serialni mazmunan sayoz deb aytgan Firdavs Abduxoliqov haqida

    21.01.2022, 11:10   Izoh (0)   23773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan talaba va ikki nafar maktab o‘quvchisi ushlandi

    21.01.2022, 10:58

    Erkinjon Turdimov IT-tanlov g‘olibiga berilgan eski noutbuk masalasiga munosabat bildirdi

    21.01.2022, 10:45

    O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun antirekord — bir sutkada 1321 kishida koronavirus aniqlandi

    21.01.2022, 10:10

    O‘zbekistondagi bog‘chalar qanday holatda yopilishi ma’lum bo‘ldi

    21.01.2022, 09:42

    “Saida Mirziyoyevaning fikriga qarshi emasman”. Amira Rashidova anglashilmovchilik uchun xijolatligini aytib, uzr so‘radi

    21.01.2022, 09:32

    Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga “O‘zavtosanoat” tizimidagi obyektlarni xususiylashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘ini berdi

    21.01.2022, 09:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.