• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Saida Mirziyoyevaning fikriga qarshi emasman”. Amira Rashidova anglashilmovchilik uchun xijolatligini aytib, uzr so‘radi

    “Sevimli” telekanali bosh direktori va bosh muharriri vazifasidan ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Telekanal rahbari Amira Rashidova o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘layotgan “Sabriya” seriali bo‘yicha yozgan posti noto‘g‘ri talqin qilinayotganini ma’lum qildi.

    Foto: Instagram / Amira Rashidova

    Foto: Instagram / Amira Rashidova

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialidagi axloqsiz sahna aks etgan kadr tarqalgani, AOKA holat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilgandi. Keyinroq O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov (“Sevimli” telekanali rahbari Amira Rashidovaning otasi) xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan milliy seriallar bo‘yicha izoh berdi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ushbu serialini tanqid qilib, badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtayi nazaridan xulosa berishga chaqirdi. Amira Rashidova esa kanalda uzatilgan behayo sahna yuzasidan munosabat bildirib, serial namoyishidan avval 16+ markirovkasini bergani, qolaversa, “axloqsiz” degan ayblovni qo‘yishdan oldin kesib olingan kadrning yakunini tushunish uchun filmning yana 3 daqiqasini ko‘rish yetarli ekanini bildirgandi.

    Ikki yil bo‘ldiki, biror bir jiddiy mavzularga qo‘l urmayman. Bunga sabab, men bilan bir voqea sodir bo‘lgan edi. O‘shanda bir vaziyat yuzasidan Facebook tarmog‘ida post yogandim. Eski “qadrdonlar” so‘zlarimni kontekstdan yulib, g‘araz niyat bilan fikrlarimni noto‘g‘ri talqin qilishgandi…

    Qarangki ikki yil o‘tib “Sevimli” atrofida bo‘layotgan gap so‘zlarga o‘z fikrimni bildirish uchun kecha post yozsam, hammasi qayta takrorlandi. Yana o‘sha odamlar, yana o‘sha ssenariy… So‘zlar kontekstdan yulinib, o‘ziga kerak sarlavhada tarqatildi. Go‘yoki men Saida Mirziyoyevaning “Sabriya” seriali haqidagi fikriga qarshi chiqib kechagi postni yozgan, deb talqin qilishdi! Lekin bu unday emas!

    Insof haqida gapirmayman, chunki bunday odamlarda u bo‘lmaydi… Tuhmat qilishdan to‘ymaydi, Xudodan ham qo‘rqmaydi bundaylar.

    Hozir internetga kirib qarasam, vaziyat jiddiylashgan, hamma joyda meni Saida Mirziyoyeva bilan baxslashgan inson sifatida talqin qilib, yo‘q joydan atrofimda muammo tug‘dirishyapti.

    Kecha Saida Mirziyoyevaning fikrini o‘qiganimda, men postimni joylab bo‘lgan edim. Ikki kun oldin kechasi AOKA rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unga ko‘ra “Sevimli” telekanali orqali milliy serial namoyish etish chog‘ida “axloqsizlik sahnalari mavjudligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallar jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi”, deb ekspertiza tayinlangani ma’lum bo‘ldi. Ertasi kuni “Sevimli”ga kelib, kun davomida bayonnoma tuzish, yuristlar bilan gaplashish, serialni badiiy kengashda tahlil qilish bilan vaqt o‘tkazib, umumiy vaziyat yuzasidan o‘z fikrimni bildirishim kerak deb, post yozdim.

    Nima demoqchiman? Men Saida Mirziyoyevaning fikriga qarshi emasman! U kishi aytib o‘tgan kamchiliklar bor, buni tan olaman. Saida opaning ayollar manfaatlarini himoya qilishi, ularga berayotgan yordamini kuzataman va hurmat qilaman. Anglashmovchilik uchun xijolatdaman va uzr so‘rayman. Shu sababdan jurnalist va blogerlardan iltimos qilaman: tuhmat, odamlarni bir biriga asossiz qarshi qo‘yishni bas qiling.

    Bugun telekanalda o‘zgarishlar bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan uzr so‘raldi. “Sevimli”da yangi va sifatli kontent yaratish yo‘lida, jamoa bilan birga katta loyihalar qilishni maqsad qilganmiz, Inshaalloh hammasi sekin amalga oshadi. Sizlarga yaxshiliklar ichida yashashni tilayman.

    Amira Rashidova, “Sevimli” telekanali rahbari

    Ma’lumot uchun, “Sevimli” telekanali 2017-yil 1-aprel kuni “Karavan” nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan butun oila uchun mo‘ljallangan nodavlat musiqiy-ko‘ngilochar va ma’rifiy televizion kanal hisoblanadi. Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, telekanal Firdavs Abduxoliqovga tegishli, hozirda unga Amira Rashidova — Abduxoliqovning qizi rahbarlik qilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • “Seriallarning asosiy buyurtmachisi o‘zingiz bo‘lsangiz”. Komil Allamjonov “Sevimli”dagi serialni mazmunan sayoz deb aytgan Firdavs Abduxoliqov haqida
    • Firdavs Abduxoliqov xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan milliy seriallar bo‘yicha izoh berdi

    21.01.2022, 09:32   Izoh (0)   57588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga “O‘zavtosanoat” tizimidagi obyektlarni xususiylashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘ini berdi

    21.01.2022, 09:15

    Buxoro Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida lavozim o‘zgarishlari bo‘ldi

    21.01.2022, 09:08

    Abdulla Azizov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

    21.01.2022, 07:45

    O‘zbekistonda veterinariya mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha kurslar tashkil qilinadi

    21.01.2022, 07:20

    Yerni samolyotda aylanib chiqqan qiz, bunkerdagi ukrain askari, vaksina kutayotgan bolalar. 20-yanvar suratlari

    21.01.2022, 00:16

    Jizzaxda Cobalt ag‘anadi, Buxoroda Nexia-3 anhorga tushib ketdi. Yo‘llardagi baxtsiz hodisalar tafsilotlari

    20.01.2022, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.