Prezident Sadir Japarov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Ibrohim Junusovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmatiga tayanib, “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Ibrohim Junusov O‘zbekistondagi elchi etib uch yil oldin — 2018-yilning 4-dekabrida tayinlangandi. Bunga qadar, 2014-yilning sentabrigacha Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi lavozimida ishlagan. May oyida u 60 yoshga to‘lgandi.
Avvalroq Abdulaziz Komilov Xorvatiya va Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilarini qabul qilgani, Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)