Markaziy bank 24-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 41,33 so‘mga pastlab, 10 807,25 so‘mni tashkil qildi. Yevro 5,56 so‘mga pastlab, 12 234,89 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi qatorasiga uch kun ko‘tarilib, 10 848,58 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.
Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi kutilmoqda.
Izoh (0)