Farg‘ona viloyatida 21-dekabr kuni soat 08:06 zilzila qayd etildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi Farg‘ona viloyati Rishton tumanida, koordinatalari: 40,34 gradus shimoliy kenglik; 71,26 gradus sharqiy uzunlik.
Yerosti silkinishlarining epimarkazi Toshkentdan 200 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,2 ballga teng bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta 18-dekabr kuni soat 10:42 da Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qator tumanlarida sezilgandi.
Izoh (0)