• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 22-dekabrdan yangi namunadagi 50 ming va 100 minglik kupyuralar muomalaga chiqariladi

    O‘zbekiston Markaziy banki 2021-yilning 22-dekabridan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini ma’lum qildi.

    Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk ipak yo‘li” hamda O‘zbekiston hududidagi Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.

    Banknotlar himoyalangan qog‘ozda chop etilgan bo‘lib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.

    50 000 so‘mlik banknot

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    O‘lchami 147 x 69 millimetr. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “50000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

    Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 3 millimetrli yashil rangli, “siljish” effektiga ega, rangi o‘zgaruvchan, metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

    Old va orqa tomonlarining asosiy rangi – binafsharang bo‘lib, boshqa ranglar bilan uyg‘unlashgan.

    Banknot old tomoni chap qismida Surxondaryo viloyatida joylashgan XI-XII asrlarga tegishli “ABU ISO TERMIZIY MAQBARASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

    Yuqori qismining chap tarafida “50000” raqami to‘q qizil rangda, yuqori qism markazida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni yarmi ko‘k rangda va yarmi to‘q qizil rangda hamda yuqori o‘ng burchakdagi O‘zbekiston Gerbi to‘q qizil rangda joylashgan.

    O‘ng va chap tomoni chekkasida joylashgan ko‘k rangdagi maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

    Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

    Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “ELLIK MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

    Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalaganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

    Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda tasvirlardagi aniqlik yo‘qoladi.

    Yuqori qismidagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk ipak yo‘li” karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

    Yuqori chap qismida Surxondaryo viloyati Sopolli tepa arxeologiya yodgorligi topilmasi bo‘lgan “naqshinkor tamg‘a” tasviri registr vazifasini bajargan holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qo‘shilib to‘liq tasvir hosil bo‘ladi.

    Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal va chap qismida vertikal ko‘rinishda bosilgan.

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi III-I asrlarga tegishli bo‘lgan Surxondaryo viloyati hududidagi qadimiy yodgorlik – “FAYOZTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

    Markaziy qismida tinchlik ramzi bo‘lgan “uchayotgan kabutar” tasvirida zamonaviy Spark live maxsus himoya elementi qo‘llanilgan bo‘lib, turli qiyalikda tasvirda rang o‘zgarishi va siljish effektini hosil qiladi.

    O‘ng qismida Surxondaryo viloyati Sopolli tepa arxeologiya yodgorligi topilmasi bo‘lgan miloddan avvalgi XVII-XV asrlarga tegishli 2 xil ko‘rinishdagi sopol idishlar tasviri aks ettirilgan.

    Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

    Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “50000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “ELLIK MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

    Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

    100 000 so‘mlik banknot

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    O‘lchami 152 x 69 millimetr. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “100000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

    Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 4 millimetrli, sariq rangli, “siljish” effektiga ega bo‘lgan, “UZB” matnli rangi o‘zgaruvchan, metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

    Old va orqa tomonlarining asosiy rangi sariq rangda bo‘lib, boshqa ranglar bilan uyg‘unlashgan.

    Banknot old tomoni chap qismida Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan “ICHAN QAL’A” tarixiy muzeyi tasvirlangan.

    Yuqori qismining chap tarafida “100000” raqami, yuqori qism markazidagi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni jigarrangda hamda yuqori o‘ng burchakdagi O‘zbekiston Gerbi yashil rangda joylashgan.

    O‘ng va chap tomoni chekkasida joylashgan jigarrangdagi maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

    Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

    Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “BIR YUZ MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

    Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalaganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

    Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda tasvirlardagi aniqlik yo‘qoladi.

    Yuqori qismidagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk ipak yo‘li” karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

    Yuqori chap qismida “ICHAN QAL’A” tarixiy muzeyi markazida joylashgan minora tasviri registr vazifasini bajargan holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qo‘shilib to‘liq tasvir hosil bo‘ladi.

    Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal holatda qizil rangda va chap qismida vertikal holatda qora rangda bosilgan.

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Banknot orqa tomonida III-IV asrlarga tegishli bo‘lgan qadimiy Xorazm davlatining poytaxti vazifasini bajargan qal’a – “ANGKAQAL’A ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

    Markaziy qismida “qirrali naqsh” tasvirida zamonaviy Spark live maxsus himoya elementi qo‘llanilgan bo‘lib, turli qiyalikda tasvirda rang o‘zgarishi va siljish effektini hosil qiladi.

    O‘ng qismida Xorazm viloyati arxeologiya yodgorligi topilmasi bo‘lgan X asrga tegishli sopol idish va miloddan avvalgi I asrga tegishli kumush tanga tasviri aks ettirilgan.

    Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

    Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “100000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “BIR YUZ MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

    Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

    Markaziy bankning qayd etishicha, muomalaga chiqarilayotgan yangi ko‘rinishdagi qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2017-yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 2019-yil namunasidagi 100 000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi. Ya’ni, 2017-yil va 2019-yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.

    Shuningdek, yangi ko‘rinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda 5 ming va 10 ming so‘mlik banknotlarning yangi ko‘rinishda chiqarilishiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritildi
    • Foto: O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan 2 000 so‘m va 20 000 so‘mlik kupyuralar

    15.12.2021, 19:36   Izoh (0)   51463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Savdo majmuasi ostida hokimlik qozonxonasini gaz bilan ta’minlovchi gaz quvuri o‘tgan bo‘lgan”. “Hududgaz Surxondaryo” mas’uli Denovdagi portlash haqida

    15.12.2021, 19:26

    Shavkat Mirziyoyev 16–18-dekabr kunlari Janubiy Koreyada davlat tashrifi bilan bo‘ladi

    15.12.2021, 19:11

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra ziyorati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

    15.12.2021, 18:41

    Senat inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

    15.12.2021, 18:25

    O‘zbekistonda kuz-qish mavsumiga yetarli darajada tayyor bo‘lmagan 931 ta xususiy bog‘cha vaqtinchalik yopilgan

    15.12.2021, 18:10

    O‘zbekistondagi 100 dan ortiq tumanning “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga qo‘shimcha 117,4 mlrd so‘m ajratiladi

    15.12.2021, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03

    Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 21:40

    O‘zbekiston Kubogi. “Buxoro” “OKMK”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 25 iyun, 21:38

    NATO yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga kelishib oldi

    Dunyo | 25 iyun, 21:10

    Andijonda fuqaroga 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:55

    Tramp AQSHning Eronga bergan zarbalarini Xirosima va Nagasaki bilan taqqosladi

    Dunyo | 25 iyun, 20:45

    Isroildagi universitetning oltita laboratoriyasi Eron hujumlari oqibatida vayron qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.