Daryo

Foto: O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan 2 000 so‘m va 20 000 so‘mlik kupyuralar

Mazkur banknotlar mavzusi “Buyuk ipak yo‘li” va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston tarixiga bag‘ishlangan

1 daqiqa o‘qish119 816 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / “Davletovuz”

O‘zbekistonda 2021-yilning 14-iyunidan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Telegram’dagi “Davletovuz” kanali yangi banknotalarning ilk surati bilan bo‘lishdi.

Foto: Telegram / “Davletovuz”

Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk ipak yo‘li” va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston tarixiga bag‘ishlangan. Avvalroq Markaziy bank mazkur kupyuralarga oid batafsil ma’lumotlar bilan bo‘lishgan edi.

Foto: “Daryo”
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda o‘zbek so‘mining eng katta qiymatli kupyurasi 100 000 so‘m hisoblanadi. Mazkur kupyura 2019-yil 25-fevraldan muomalaga chiqarilgan.

Mavzuga doir: 5 ming, 10 ming va 50 ming so‘mlik kupyuralarning g‘aroyib tarixi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar