• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘izistonda fermerlar 3 yilga yer solig‘idan ozod qilindi

    Qirg‘izistonda fermerlar va dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ini to‘lashdan ozod etildi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi. Bu haqda uning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

    Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

    Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

    “Bu sa’y-harakat qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda, bu katta ish bo‘lmasa ham, yukingizni yengilroq qiladi. 2022-yil 1-yanvardan boshlab sug‘oriladigan yerlar, ekin maydonlari, yaylovlar va pichanzorlar uchun soliq to‘lamaysiz. Siz to‘laydigan soliq respublika budjetidan qoplanadi”, — deya fermerlarga murojaat qilgan Japarov.

    Davlat rahbari, shuningdek, ular uchun yillik 6 foizli kredit berilishini ham e’lon qildi. “Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, yaqin 3-4 yil ichida barchangizni ta’minlay olamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    Japarov Qirg‘izistonda “sug‘oriladigan yerning bir metrini ham” dehqonchilik ekinlarisiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidladi. “Buning uchun mahalliy hokimlik mas’ul bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

    “Biz oziq-ovqat xavfsizligi haqida gapiryapmiz. Agar yerda dehqonchilik qilmasak, oziq-ovqat xavfsizligi qayerdan ham bo‘lsin? Hozir oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini chetdan keltiryapmiz. Aksincha, eksport qilishimiz kerak. Eksport qila olishingiz uchun davlat barcha imkoniyatlarni ishga soladi va har tomonlama yordam beradi. O‘z navbatida, siz kreditlardan maqsadli va samarali foydalanishingiz va davlatga yordam berishingiz kerak”, — deb yozgan Qirg‘iziston prezidenti.

    Japarov matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, fermerlar 2022—2024-yillarda yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Shu bilan birga, ushbu soliqning bekor qilinishi bilan bog‘liq mahalliy budjetdagi yo‘qotishlarning o‘rni ham qoplanadi.

    Shuningdek, matbuot xizmatida xabar berilishicha, yillik mablag‘ aylanmasi 8 million somgacha (94 ming dollar) bo‘lgan tadbirkorlarni barcha turdagi (daromad solig‘i va ijtimoiy fondga ajratmalardan tashqari) soliqlarni to‘lashdan ozod etish to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi. Buning uchun muayyan talablarni bajarish kerak bo‘ladi: onlayn kassa va elektron hisob-fakturalardan majburiy foydalanish, import-eksport operatsiyalarida ishtirok etmaslik.

    Avvalroq Sadir Japarov Yuqori Kengash (parlament) deputatlarining maoshini qisqartirgan edi. Bundan tashqari parlament a’zolarinining texnik xarajatlari ham qisqartirildi. Avval Yuqori Kengash xalq deputatlariga uy-joy uchun kompensatsiya to‘lanar edi. Endi ular bekor qilindi, “mavjud xizmat xonadonlari esa uy-joyi bo‘lmagan deputatlar o‘rtasida taqsimlanadi”. Shuningdek, deputatlarga xizmat avtomobillari ajratilmaydigan bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘iziston prezidenti Vazirlar Mahkamasini iste’foga chiqardi
    • Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra hukmron partiya yetakchilik qilmoqda

    07.12.2021, 08:00   Izoh (0)   31698
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiya bosh vaziri KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaraga tayyorligini bildirdi

    07.12.2021, 07:45

    Qozog‘iston fuqarolari mamlakatda AES qurilishiga qarshi chiqmoqda

    07.12.2021, 07:27

    Myanma sobiq yetakchisi Aun San Su Chji 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

    06.12.2021, 22:55

    Pandemiya davrida dunyoda qurol-yarog‘ savdosi oshdi

    06.12.2021, 20:54

    “Tolibon” Afg‘onistonning sobiq amaldorlariga zo‘ravonlik qilganlarni qattiq jazolashga va’da berdi

    06.12.2021, 20:24

    Rossiyada ikki kishida koronavirusning “omikron” shtammi aniqlandi

    06.12.2021, 18:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.