• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Hamza Umarov, Zaynab Sadriyeva va boshqa kino darg‘alarining ota-onasidek mashhur bo‘la olmagan san’atkor farzandlari (foto)

    San’atda o‘z o‘rnini topish, zamon tanlamas ijod namunalarini yaratish, elga tanilish hammaga ham nasib etavermaydi. Hatto bunday baxt o‘sha muhitda tarbiyalangan farzandlarga ham nasib qilmasligi mumkin.

    Zaynab Sadriyeva nega qizining aktrisa bo‘lishini istamagandi?

    Foto: Kollaj

    Foto: Kollaj

    O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyevaning qizi Dilbar Ismoilova bu yil 83 yoshni qarshiladi. U onasining kasbini tanlab, teatr va dublyaj sohalarida faoliyat yuritdi. Yodingizda bo‘lsa, u onasi Zaynab Sadriyeva bilan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” va “Farmonbibi arazladi” spektakllarida Lutfi rolini ijro etgandi.

    Bundan tashqari, tomoshabinlar uni “Parvona” spektaklidagi prokuror ayol roli orqali  yaxshi tanishadi. Onasidek mehnatsevar ijodkor hamon O‘zbekiston davlat drama teatrida faoliyat yuritadi.

    “Bolaligim sobiq Hamza teatrida o‘tgan, desam bo‘ladi. Har kuni darsdan keyin teatrga borardim. Men uchun olam faqat san’atdan iborat edi. 1955-yili maktabni oltin medalga tamomladim. Xursand bo‘lib, onamga san’at institutiga hujjat topshiraman desam, yo‘q, men ko‘rgan qiyinchilikni ko‘rmagin, san’atdan ortib, opang ikkovingni tarbiyalashga vaqtim bo‘lmagan, degan javobni olgandim”, — deydi Dilbar Ismoilova.

    Foto: “Muzaffar.uz”

    Foto: “Muzaffar.uz”

    Dilbar Ismoilova filmlarda kam suratga tushdi. Uning faoliyati, asosan, teatr va dublyaj bilan bog‘liq. U “Ayajonlarim”, “Vafodor”, “Qutlug‘ qon”, “Diydor” va “Zaharli hayot” kabi ko‘plab spektakllarda rollar ijro etgan.

    Hamza Umarovning yolg‘iz o‘g‘li kinoni tanladi

    Foto: Shuhrat Umarov arxividan

    Foto: Shuhrat Umarov arxividan

    O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarovning ikki qiz va bir o‘g‘il farzandi bor. O‘g‘li Shuhrat Umarov hozirgi kunda kinoaktyor sifatida faoliyat yuritadi.

    “Bolaligimda aktyor bo‘lishni istamaganman. Menga ko‘proq sirk san’ati yoqardi. Maktabdan keyin sirk tomoshalariga borishni, artistlar hayotini o‘rganishni yoqtirardim. Ot sporti bilan bajariladigan tryuklar jon-u dilim edi. Maktabni tamomlagan yilim Moskva kinemotografiya institutidan bir guruh o‘qituvchilar kelib, uch bosqichli tanlov asosida O‘zbekistondan talabalar saralab oladigan bo‘lishdi. Otamning takliflari bilan tanlovda ishtirok etdim. Bu shunchaki otamni xursand qilish va istaklarini rad etmaslik edi, xolos. Birinchi bosqichda ishtirok etganimdan so‘ng, ikkinchi bosqichga taklif etishmadi. Qabul qilishmabdi deb yurganimda birdan o‘qishga qabul qilinganim va 15 ta talaba bilan o‘qishga jo‘nab ketishimni aytishdi. Bu xabardan dadam juda xursand bo‘ldi”, — degan edi Shuhrat Umarov otasining istagiga ko‘ra aktyor bo‘lgani haqida.

    Hamza Umarov bir vaqtning o‘zida teatr, kino va dublyaj sohalarida samarali ijod qilishni uddalay olgan. Uning ishtirokidagi “O‘tkan kunlar”, “Mahallada duv-duv gap”, “Chinor ostidagi duel” hamda “Alibobo va qirq qaroqchi” filmlari hamon tomoshabinlar e’tiborida.

    Shuhrat Umarov “Romeo va Julyetta”, “Advokatlar”, “Yangi boy”, “Tavba”, “Haqiqat kuni” va “Quduq” filmlarida suratga tushgan. Ayni kunlarda 63 yoshni qarshilagan aktyor hamon uni kashf etadigan rollarni kutib yashamoqda.

    Xumora Ixtiyorova qizaloqlarga dars beradi

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    O‘zbekiston xalq artistlari Baxtiyor va Maryam Ixtiyorovalarning turmushidan uch nafar farzandlari bor edi. Afsuski, kenja o‘g‘li buyrak yetishmovchiligi xastaligidan vafot etgan. To‘ng‘ich o‘g‘li esa san’at sohasida faoliyat yuritmaydi. Faqatgina ijodkorlarning qizi — Xumora Ixtiyorova raqs san’atini tanlagan va bugungi kunda baletmeyster bo‘lib ishlaydi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xumora Ixtiyorova uzoq yillar raqqosa bo‘lib ishlagan. 2007-yildan buyon “Sultona” qizlar raqs jamoasini tuzib, qizaloqlarga san’at sirlarini o‘rgatmoqda. U maktab qoshida tashkil etilgan kichik raqs jamoasiga rahbarlik qiladi.

    Razzoq Hamroyevning qizi — balet murabbiyi

    Foto: “Arboblar.uz”

    Foto: “Arboblar.uz”

    Alisher Navoiy obrazi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyevning qizi Guli Hamroyeva Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida balet murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Ayni damda 75 yoshni qarshilagan ijodkor hamon teatrda faoliyat yuritadi.

    Foto: Guli Hamroyeva arxividan

    Foto: Guli Hamroyeva arxividan

    U faoliyatini 1966-yili balet raqqosasi sifatida boshlagan. Guli Hamroyeva 1968- yili Ali Hamroyev rejissorligidagi “Dilorom” filmida suratga tushgan. Ammo unga 1972-yili suratga olingan “Semurg‘” filmida malika Parizod roli katta omad olib kelgan.

    Foto: Nodira Hamroyeva arxividan

    Foto: Nodira Hamroyeva arxividan

    Ayni kunlarda uning faoliyatini qizi Nodira Hamroyeva davom ettirmoqda.

    Jamshid va Gavhar Zokirovaning qizi — qo‘shiqchi

    Foto: “Buluteka”

    Foto: “Buluteka”

    Marhum ijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirovning o‘g‘li Javohir Zokirov aktyor ekanligini yaxshi bilamiz. Uning qizi Ohista Jamshid esa 2000-yildan buyon xonandalik bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Instagram / @ohista_jamshid

    Foto: Instagram / @ohista_jamshid

    Aslida, uning familiyasi Zokirova, ammo u ajdodlarining ulug‘ nomiga dog‘ tushirishdan qo‘rqqan.“Ismim Ohista, ayrimlar o‘ylagandek bu taxallus emas. Turmush o‘rtog‘im bilan DalaHast guruhiga asos solganmiz. Yo‘nalishimiz boshqalarga o‘xshamaydi. O‘ziga xoslik bor”, — deydi Ohista Jamshid.

    Rimma Ahmedovaning qizini kutilmaganda kinoda suratga tushishga chaqirishdi

    Foto: Kollaj

    Foto: Kollaj

    Marhum aktrisa Rimma Ahmedova o‘zbek dublyaj san’atining yorqin vakillaridan biri hisoblanadi. U “Qirol Lir”, “Shoh Edip”, “Ufq”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Parvona”, “Yulduzli tunlar” kabi spektakllarda, shuningdek, “Oy borib, omon qayt”, “Dallol”, “Yuzsiz”, “Sho‘rpeshonalar”, “Bomba” kabi badiiy filmlarda esda qolarli rollar yaratgan. Dublyaj sohasidagi 35 yillik faoliyati davomida ikki mingdan ortiq qahramonlarga ovoz bergan. Uning o‘g‘li Bobur Yo‘ldoshev zamonamizning mashhur aktyorlaridan biri. Qizi Lola Ahmedova esa endigina aktrisalik faoliyatini boshladi. U “Meni asra” serialida suratga tushib, o‘zini aktrisa sifatida namoyon qildi.U asli Sharqshunoslik institutining fors tili fakultetida tahsil olgan. Ammo oilaviy sharoiti sabab o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamagan. Bir nechta idoralarda tashkilotchi, ma’mur vazifalarini bajargan.

    “Serialda suratga tushishimga ukamning do‘sti Abror Yo‘ldoshev sabab bo‘ldi. U suratimni rejissor Baxtiyor Safarovga ko‘rsatgan. Unga ma’qul kelib, rolga taklif etishdi. Men aktrisa emasman, ammo qonimda san’atga qiziqish bor”, — deydi Lola Ahmedova.Lola Ahmedova ayni kunlarda aktyor Abror Yo‘ldoshev boshchiligida ochilgan Toshkent kino akademiyasi markazida ma’mur sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu dargoh havaskor aktyorlarni o‘qitish bilan shug‘ullanadi.

    Mavzuga doir:

    • Marhum san’atkorlarning farzandlari: Kim nima bilan shug‘ullanadi?
    • Bollivud yulduzlarining xorijdagi nufuzli oliygohlarda aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan farzandlari (foto)
    • Bollivud aktyorlarining o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qizlari (foto)
    • Madonna, Silvestr Stallone va farzandlarini qattiqqo‘llik bilan tarbiya qilayotgan boshqa mashhurlar (foto)

    07.12.2021, 20:25   Izoh (0)   86488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand 2023-yilda Jahon turizm tashkilotining 25-assambleyasiga mezbonlik qiladi

    02.12.2021, 23:31

    O‘zbekiston 30-noyabrdan 7-dekabrgacha xalqaro yoshlar teatr san’ati forumiga mezbonlik qiladi

    01.12.2021, 08:37

    Sherali Jo‘rayevning ko‘p yillik hamkori, 22 yoshida unvon olgan, “Bahor”da charxlangan: taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 56 yoshda (fot...

    29.11.2021, 12:51

    Bobur Yo‘ldoshev — hokim, Yulduz Rajabova — soqov: “Diydor”da “Kapalak tushi” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi

    26.11.2021, 20:22

    19 yoshida tanilgan, beayb sud zaliga chaqirilgan, “qirolichalar sahnasi”ga chiqqan ilk Sharq san’atkori: O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva 61 yoshda (foto...

    26.11.2021, 18:22

    Fahsh sahnalar, “konfet” aktyor-aktrisalar, saviyasiz ssenariylar. Qo‘ziqorindek bolalagan o‘zbek seriallari haqida

    26.11.2021, 12:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.